• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 25 » Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi
14:50
Yurak xurujiga chalingan Muqaddas Xoliqova boshqa shifoxonaga o‘tkazildi

Avvalroq, o‘zbek teatr va kino san'atining taniqli ijodkori, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ikkinchi bor yurak xurujini boshidan o‘tkazgani, Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik. 

Oradan ko‘p o‘tmay, Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli haqida ma'lumot berib, 24 yanvar kuni, tunda shifokorlarning e'tiborsizligi sabab Xoliqova ko‘p qon yo‘qotgani, qon bosimi tushib ketib, salomatligi yanada og‘irlashgani haqida yozdi va shifokorlarni inson salomatligi yo‘lida o‘z ishiga yanada e'tiborliroq bo‘lishga chaqirdi. Shifokorlarga nisbatan e'tirozlarini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan o‘chirib yuborgan Zebiniso uni takror tarmoqqa joylashtirdi. Bu holatga nisbatan "Oldiniga ko‘p o‘yladim, ayrim tibbiyot xodimlarining mas'uliyatsizligini yozmasammikin deb. Lekin nega indamasligim kerak? Yozaman ham. Ba'zi shifokorlar juda mas'uliyatsiz, ayniqsa, hamshiralar.  Shifokorlar qaraydi, davolaydi. Biroq ayrim hamshiralarning layoqatsizligi bemorlarning og‘ir ahvolga tushishiga sabab bo‘ladi”, deydi Xoliqovaning qizi. 

Shundan so‘ng tahririyatimiz xodimlari O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning ahvolidan xabar olish maqsadida uning qizi Zebiniso bilan bog‘landi. Zebinisoning bizga ma'lum qilishicha, Muqaddas Xoliqova kecha, 24 yanvar kuni tushdan so‘ng 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limini tark etib, Toshkentdagi  Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan. 

Ayni damda Xoliqovaga qo‘yilgan tashxis bo‘yicha shifokorlar davo choralarini ko‘rishmoqda. Aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. Muqaddas Xoliqovaning qizi biz bilan suhbatda Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasi xodimlari va onasining muxlislari, do‘stlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Fursatdan foydalanib, portalimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning tezroq sog‘ayib, jonajon teatri sahnasiga qaytishini tilab qolamiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2729 | Добавил: Admin | Теги: Yurak xurujiga chalingan Muqaddas X | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Farangiz1998   (2017.01.25 16:46) [Материал]
Shifo bersin

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031