Barno Qodirova 1958 yilning 8-dekabr sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Oilada to'ng'ich farzand bo'lgan bu aktrisa, garchi Toshkent shahrida tug'ilgan bo'lsada, uning bolaligi Toshkent viloyatining Chinoz tumanida, bobosi va buvisining xovlisida o'tgan.
Barno Qodirova bolaligidan san'atga qiziqqan va maktabni tamomlagach shu qiziqishi bois Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohining dramatik teatr va kino aktyorligi bo'limiga o'qishga kirgan.
Ushbu oliygohdagi o'qishni yakunlagach esa, o'z faoliyatini O'zbekfilmning kinoaktyorlar studiyasida boshlagan.
Barno Qodirova faoliyatida ilk marta Melis Abzalovning "Olovli yo'llar" filmida epizodik rolda suratga tushgan. Aktrisa bugungacha "Abdullajon", "Tog'lik kuyov", "Poyma poy" "Qismat bitigi" hamda "Saodat" kabi o'nlab bizga tanish film va seriallarda ishtirok etgan.
Ushbu aktrisa tomoshabinlarga asosan dublyajdagi ishlari bilan yaxshi tanish bo'lib, hozirgacha "Ramayana", "Esmeralda", "Salom shodlik, salom g'am" "Aka-uka grim ertaklari" va "Maugli" kabi mingdan oshiq film, serial hamda multfilm qahramonlariga ovoz bergan.
Barno Qodirova o'zining san'at sonasida faoliyati orqali 2019 yilda "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangan.
Aktrisaning shaxsiy hayotiga to'htaladigan bo'lsak, u O'zbekfilm kinostudiyasini taniqli rejissyorlaridan biri Orif Yo'ldoshev bilan oila qurgan. Ularni hozirda ikki qizlari va besh nafar nabiralari bor. Qahramonimizning katta qizi Shahnoza Ubaydullayeva ota onasi kabi san'at sohasi vakili bo'lib, bugungi kunda O'zbekiston telekanalining dublyaj studiyasida muharrir sifatida faoliyat yuritadi. Aktrisani ikki qizi esa tibbiyot sohasida ishlaydi.
Bugungi kunda Barno Qodirova 61 yoshdan oshgan va haligacha o'zining kino va dublyaj sohasidagi faoliyatlarini davom ettirib kelmoqda.