• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1361
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 11 » Erkin Komilov Biografiyasi
08:48
Erkin Komilov Biografiyasi

Erkin Komilov 1946 yil 20-iyul sanasida Andijon viloyatining hozirgi Xo'jaobod tumanidagi Kurfa qishlog'ida tug'ilgan. Aktyorning ota-onasi 27 nafar farzand ko'rgan bo'lib, ulardan bor yog'i besh nafari yashab qolgan. Erkin Komilov bu farzandlar orasida o'n to'qqizinchisi bo'lgan.  

Erkin Komilov maktabni tamomlagach Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohida tahsil olgan. Aktyor ushbu oliygohda Yodgor Sa'diyev, Gulcehra Jamilova hamda Dilbar Ikromova kabi san'atkorlar bilan bir kursda o'qigan.

1966-yilga kelib Erkin Komilov, hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida o'z faoliyati boshlagan. Aktyor ushbu teatrdagi 50 yildan oshiq ish faoliyati davomida, "Yo'lchi yulduz", "Oltin devor", "Iymon", "Abu Rayhon Beruniy" kabi 200 dan oshiq spektakllarda ishtirok etgan.

Erkin Komilov kinoga 1980 yillarda kirib kelgan bo'lib, bugungacha "Yuzsiz", "Suyunchi", "Suv yoqalab", "Ulfatlar", "Shaytanat" hamda "Jiyda guli" kabi ko'plab bizga tanish film va seriallarda suratga tushgan. Aktyor yana shuningdek, "Otalar so'zi aqlning ko'zi" ko'rsatuvi va o'nlab videofilmlarda ham ishtirok etgan. 
Bulardan tashqari Erkin Komilov dublyaj sohasida ko'p yillar ishlagan hamda 500 dan oshiq film va multfilm qahramonlariga o'zbek tilida ovoz bergan. 

Qahramonimizning san'at sohasidagi uzoq yillik xizmatlari munosib baholanib, 1998-yilda "O'zbekiston xalq artisti" unvoni hamda 2011-yilda "Mehnat shuhrati" 2016 yilda esa "Fidokorona xizmatlari uchun" ordenlari bilan taqdirlangan.

Aktyorning shaxsiy hayotiga to'htaladigan bo'lsak. Erkin Komilov hayoti davomida uch marta oila qurgan. Taqdir taqazosi bilan uning ikki ayoli erta olamdan o'tgan. Aktyorni uch ayolidan besh qiz va ikki o'g'il farzandi, o'ndan oshiq nabira hamda chevaralari bor. Hozirda u Mahbubahon ismli ayoli bilan birga yashaydi.
Erkin Komilovni farzandlari va kuyovlari orasida o'zi kabi san'at sohasi vakillari bor. Uning kenja o'g'li Avazbek hozirda rejissyor sifatida faoliyat yuritadi. Xalqimizning sevimli san'atkorlaridan biri Valijon Shamsiyev esa aktyorning kuyovi hisoblanadi.

Bugungi kunda 74 yoshda bo'lgan Erkin Komilov O'zbek milliy akademik drama teatrida o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти | Просмотров:4607 | Добавил: Admin | Теги: biografiyasi, Erkin Komilov | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031