Afzal Rafiqov 1948 yilning 21-avgust sanasida Toshkent shahrida tug'ilgan. Aktyor oilada ikki o'g'il va ikki qizni eng kattasi ya'ni to'ng'ich farzand bo'lgan.
Qahramonimiz maktabda o'qib yurgan vaqtlarda, torli cholg'u asboblarini chalishga qiziqqan, undagi bu qiziqishni ko'rgan otasi, uni musiqa maktabiga olib borgan. Shundan keyin Afzal Rafiqov 5-sinfdan to 8-sinfgacha musiqa maktabida ta'lim olgan.
Maktabni tamomlagach ota onasining tanlovi bilan aviatsiya texnikumiga o'qishga kirib, samolyotsozlik mutaxassisligi bo'yicha, to'rt yil tahsil olgan. Keyinchalik u, ushbu sohada bir necha yil ishlagan.
Afzal Rafiqov aviatsiya texnikumini bitirgach aktyorlikka bo'lgan qiziqishi bois Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohiga kirmoqchi bo'lgan. U ikki yili ushbu oliygohga kirishga harakat qilgan lekin turli sabablar bilan bunga erisha olmagan. Uchunchi yili u oliygohning sirtqi bo'limiga qabul qilingan.
Aktyor ushbu oliygohda, Olmaxon Hayitova hamda San'at Devonov kabi xalqimizning sevimli san'atkorlari bilan bir kursda tahsil olgan.
Afzal Rafiqov faoliyati dastlab hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida sahna ishchisi sifatida boshlagan. Keyinroq rejissyor yordamchisi so'ngra aktyor sifatida faoliyati davom ettirgan. Aktyor 1987 yilgacha ushbu teatrda keyinchalik esa bir necha yil O'zbek davlat drama teatrida faoliyat yuritgan.
Afzal Rafiqov teatr sahnasida Alisher Navoiy, Qirol Lir, Chingizxon hamda Yago kabi o'nlab ko'zga ko'ringan rollarni ijro etgan.
Ushbu aktyor kinodagi faoliyatini "Yaratganga shukr" filmidagi, shikoror obrazi bilan boshlagan. U bugungacha "Alpomish","Jannat qaydadir" hamda "Xo'ja Nasriddin: O'yin boshlanda" kabi o'ndan oshiq filmlarda suratga tushgan.
Afzal Rafiqov o'zbek tomoshabinlariga asosan, o'zining dublyajdagi betakror ovozi bilan tanilgan. Aktyor bu sohadagi faoliyati davomida hozirgacha yuzlab film, serial hamda multfilm qahramonlariga o'zbek tilida ovoz bergan.
Aktyorning dublyajdagi shoh asari va umri davomida qilgan ishlarining eng yaxshisi, o'zi aytgandek bu Qur'oni karim hadislarini o'zbek tilida o'qiganidir.
Afzal Rafiqov san'at sohasida o'zining ko'p yillik faoliyati orqali 2000 yilda "O'zbekiston xalq artisti" unvoni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari u bir necha nufuzli mukofotlarga ham munosib ko'rilgan.
Ushbu aktyorni shaxsiy hayotiga to'htaladigan bo'lsak. U 1970 yilda uzoq qarindoshi bo'lgan Shohida ismli qizga uylangan.
Hozirda ularning uch o'g'il farzandlari hamda o'ndan oshiq nabiralari bor. Aktyorning farzandlaridan hech biri san'at sohasini tanlashmagan.
Bugungi kunda Afzal Rafiqov 72 yoshdan oshgan bo'lib, o'z faoliyatini O'zbekiston rus akademik drama teatrida davom ettirib kelmoqda.