• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Dekabr » 19 » Ukraina armiyasining qish uchun rejasi bor, rus qo‘shinlari jiddiy zarba oladi — AP
21:44
Ukraina armiyasining qish uchun rejasi bor, rus qo‘shinlari jiddiy zarba oladi — AP

Ukraina Qurolli kuchlari qishda rus harbiylariga qarshi qaqshatqish urush olib borishni rejalashtirgan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, qo‘shinlarning muvaffaqiyat erishishiga byurokratiya to‘sqinlik qilmoqda. Ukraina armiyasi ba’zi hududlarni qisman ruslarga berishga majbur bo‘lishi mumkin, ammo rus harbiylari bunday "yutuqlar” natijasida katta yo‘qotishlarga duch keladi. Zaporojye yo‘nalishidagi janglarda qatnashgan Ukraina Qurolli kuchlari harbiysi Konstantin Denisov dron operatorlarini tayyorlashdagi kechikishlar haqida gapirdi. Xususan, u davlat idoralari zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi uchun 75 nafar harbiy 7 oy kutishiga to‘g‘ri kelganini ma’lum qildi.

"Biz vaqtimizni behuda o‘tkazdik”, — deydi harbiy.
Harbiy qismlar komandirlari ham xuddi shunday pozitsiyada, jangovar topshiriqlarni bajarish kadrlar yetishmasligi va dronlarni taʼmirlashdagi kechikishlar tufayli to‘xtab qolmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlarida qish uchun "reja” bor

Mudofaa vaziri Rustem Umerovning aytishicha, Ukraina jangovar harakatlarning keyingi bosqichiga o‘tish uchun yetarlicha qo‘shin va qurolga ega.

"Biz qodirmiz va xalqimizni himoya qila olamiz va buni amalga oshiramiz... Bizning rejamiz bor va unga ergashamiz”, — dedi mudofaa vaziri.
Ukraina Qurolli kuchlari, shuningdek, qish uchun "reja” allaqachon shakllantirilganini aytdi. Baxmut yo‘nalishida jang qilayotgan piyodalar brigadalaridan birining qo‘mondoni hozir asosiysi armiyani boy bermaslik ekanini bildirdi. Ukrainaliklarning yangi maqsadi bor — imkon qadar ko‘proq harbiylar hayotini saqlab qolish.

"Biz aniq gapirishimiz kerak. Bu qishda Donetsk yoki Baxmutni ozod qilishning iloji yo‘q, chunki ular (rus harbiylari — tahr.) juda ko‘p”, — dedi harbiy.
Rossiya qo‘shinlarini jiddiy zarba kutmoqda

G‘arbdagi ayrim tahlilchilar Ukraina ozod qilingan ayrim hududlarini Rossiyaga berishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Biroq armiya ruslarni juda katta tovon to‘lashga majbur qiladi. Ruslar bu yerlarni katta yo‘qotishlar evaziga tortib olishlari mumkin.

"Agar Rossiya oldinga siljishda davom etsa, ehtimol, u kichik hududiy yutuqlarga erishadi, lekin katta yo‘qotishlarga duchor bo‘ladi”, — deydi Londondagi Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining katta ilmiy xodimi Ben Barri.
Категория: Har-Hil | Просмотров:251 | Добавил: Admin | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031