• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 4 » To'lqin Tojiyev Biografiyasi
18:46
To'lqin Tojiyev Biografiyasi

To'lqin Tojiyev 1936 yil 13-aprel kuni Toshkent shahrida, marhum o'zbek aktyori Jo'ra Tojiyev oilasida tavallud topgan.
Aktyor san'atkorlar oilasida voyaga yetgani bois, o'z ijodini juda erta boshlagan. U 11 yoshidanoq  "O'zbekfilm" kinostudiyasi hamda respublika radiosida ishlagan.

To'lqin Tojiyev 1959 yilda Toshkent teatr va rassomchilik san'ati oliygohining, aktyorlik fakultetini tamomlab, hozirgi O'zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yurita boshlagan.
Aktyor ushbu teatrda ishlash davomida, "Revizor","Gamlet","Otello", "Qirol Lir","Mirzo Ulug'bek" hamda "Alisher Navoiy" kabi spektakllarda, o'nlab ko'zga ko'ringan obrazlarni gavdalantirgan.

To'lqin Tojiyev kinoda ham ko'plab esda qolarli rollarni ijro etgan bo'lib, faoliyati davomida "Alangali yillar","Mahallada duv- duv gap", "Besh og'aynilar" hamda "Qora baliq izi" kabi yigirmadan oshiq filmlarda suratga tushgan.

Ushbu aktyor o'zbek tomoshabinlariga nafaqat teatr va kino orqali balki dublyaj sohasidagi faoliyati bilan ham juda yaxshi tanish bo'lib, o'zining betakror va yoqimli ovozi bilan xalqimizning ko'nglidan joy olgan. Aktyor dublayajda mingdan oshiq horij filmlaridagi qahramonlarga o'zbek tilida ovoz bergan.

To'lqin Tojiyev bulardan tashqari ko'p yillar, turli radioeshittirishlar hamda radiospektakllarda ham ishtirok etgan. 
Aktyorning san'at sohasidagi ko'p yillik faoliyati munosib baholanib, 1988 yilda "O'zbekiston xalq artisti" unvoni, 1997 yilda esa "Do'stlik" ordeni bilan mukofotlangan.

To'lqin Tojiyev haqiqatgo'yligi sabab, faoliyatining avj cho'qqisida,  hasad, turli hil ig'vo va bo'htonlarga uchrab, san'atni tark etishga majbur bo'lgan. Aktyor san'at sohasini tark etgani bilan sira kam bo'lmagan, o'z rizqi-nasibasini boshqa dargohlarda ortig'i bilan olishga erishgan.

Aktyorni shaxsiy hayotiga to'xtaladigan bo'lsak. To'lqin Tojiyev Manzura ismli ayol bilan oila qurgan. Ular hayotlari davomida ikki o'g'il va ikki qiz farzandli bo'lishgan. Afsuski aktyorning ayoli 2008 yilda saraton hastaligidan olamdan o'tgan.

Bugungi kunda To'lqin Tojiyev 84 yoshda bo'lib, nabira va chevaralari ardog'ida, Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumani Sho'rtepa mahallasida istiqomat qilmoqda.
Категория: Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти | Просмотров:3946 | Добавил: Admin | Теги: biografiyasi, To'lqin Tojiyev | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь