• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 168
Гостей: 168
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 17 » Xitoyliklar yaratgan sun'iy tuxum salomatlik uchun zararlimi?
15:13
Xitoyliklar yaratgan sun'iy tuxum salomatlik uchun zararlimi?

Bugungi kunda Xitoy ishlab chiqarish, qayta ishlash, u yoki bu mahsulotning sun'iy nusxasini yaratish borasida dunyoning yetakchi davlatlaridan biri sanaladi.
 
Odatda xitoylik olimlar ishlab chiqarish sirlarini hech kimga oshkor qilishmaydi. Qayta ishlab chiqarish va sun'iy ishlab chiqarish sirlari haqida-ku, aytmasa ham bo‘ladi.
 
Hozirda xitoylik olimlar sun'iy ravishda hosil qilayotgan oziq-ovqatlar mavzusi tobora ommalashib bormoqda. Chunki bunday oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rinishi jihatidan haqiqiysidan farq qilmasa-da, organizmga bo‘lgan salbiy ta'siri juda xavfli. Bugungi kungacha, kartondan yasalgan bulochka, kimyoviy tovuq, kimyoviy lag‘mon, sun'iy go‘shtlar aynan xitoyliklar tomonidan o‘ylab topilgan va dunyo bo‘ylab savdoga chiqarilgan.
 
Bugun e'tiborinigizni xitoylik "olimlar” yaratayotgan sun'iy tuxumlarga qaratmoqchimiz.
 
Siz ko‘rib turgan suratda xitoylik sotuvchi tuxumlar bilan to‘ldirilgan yog‘och idishlar ichida bamaylixotir yotibdi. Suratni ko‘rgan kishida, "tuxumlar sinib ketmasmikin?” degan savol tug‘ilishi, tabiiy. Ammo sun'iy tuxumlar juda mustahkam, ular uncha-muncha og‘irlikni ko‘tara oladi.
Oddiy tuxum esa...
 
Oddiy tuxum
Tovuq tuxumi tarkibida yog‘, oqsil, glyukoza, uglevodlar, mineral moddalar, ko‘plab foydali fermentlar, shuningdek, A, Ye, D, B vitaminlari bor. Tarkibidagi xolesterin esa ham foydali, ham zararli.
 
Sun'iy tuxum
Sun'iy tuxum esa sanab o‘tilgan ana shu vitamin va mineral moddalardan holi. Boshqacha qilib aytganda, uning tarkibida hech qanday foydali narsa yo‘q. Tuxum po‘stlog‘i, "nozik” bo‘lishi uchun gips, kalsiy va parafindan yasalgan.
Tuxum oqi va sarig‘ini esa bir qator bo‘yoqlarni qo‘shgan holda jelatin, kaltsiy alginatdan tayyorlanadi.
 
Iste'mol qilinganda
YUqorida aytib o‘tganimdek, sun'iy tuxumni haqiqiysidan farqlash mushkul. Agar o‘zingiz bilmagan holda bunday tuxumning bir nechtasini iste'mol qilsangiz, ahvolingiz yomonlashishi mumkin.


Sun'iy tuxumni bir necha marta iste'mol qilish inson asab tizimiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Bolalarda esa harakatning kuchayishi, aqliy salohiyatning esa susayishi kuzatiladi.
 
Sun'iy tuxum qanday tayyorlanadi?
Agar sun'iy tuxumni qay tarzda tayyorlashlariga qiziqayotgan bo‘lsangiz, bu borada ham ma'lumot beramiz.
 
Xitoyliklar chiqindidan ham san'at asarini yaratishda ustasi farang bo‘lib ketishgan. Aynan tuxumni sun'iylashtirishda ham ular ana shu ustalikni ishga solishgan.
 
Sun'iy tuxumni tayyorlash uning sarig‘idan boshlanadi. Kimyoviy moddaga sariq rang qo‘shilib, u tuxum sarig‘i kattaligidagi shakl ichiga solinadi.
 
So‘ng,u kaliy karbonadga botiriladi. Bu tuxum sarig‘i ustida himoya pardasi hosil bo‘lishi va u sotilib, iste'mol qilinguniga qadar tuxum sarig‘ining oqib ketmasligi uchun qilinadi.


Tuxum sarig‘ining ustki qismiga esa tuxum sarig‘i yopishtiriladi. So‘ng u ham kaliy karbonadga botiriladi. Qarabsizki, tuxum oqi ustidagi himoya pardasi ham tayyor. Shundan so‘ng, tayyor tuxum parafin, kaliy karbonat va gips kukuni aralashmasiga botiriladi.
 
Tuxum quritilgach, uni tovuq tuxumidan deyarli ajratib bo‘lmaydi.
 
Albatta, bunday tuxumni yaratishdan ko‘zlangan maqsad, avvalo mablag‘ topishdir. Oddiy kimyoviy moddalardan sun'iy tuxumni yaratish orqali xitoyliklar juda katta foyda ko‘rishadi. Ammo bunday tuxumlarni o‘zlari aslo iste'mol qilishmaydi.
 
Ma'lumotlarga ko‘ra, sun'iy tuxumning narxi tovuq tuxumi narxining 25 foizini tashkil etar ekan. Ularni haqiqiy tuxumdan ancha arzon sotilganda ham katta foyda olish mumkin.  Shu sababli Pekin, Shanxay, Guanchjou kabi Xitoyning yana boshqa shaharlariga safar chog‘ida sayyohlar o‘zlari bilmagan holda ana shunday tuxumlarni xarid qilib va iste'mol qilishlari mumkin.
 
 
Sun'iy tuxumni haqiqiysidan ajratib olish
Odatda sun'iy tuxumni tovuq tuxumidan ajratib olish juda qiyin. Axir narxi va ko‘rinishida farq yo‘q-ku?
Biroq ularni ajratishning sirlari bor.
 
E'tibor bering, sun'iy tuxumning ustki qismi haqiqiy tuxumnikiga nisbatan yaltiroq bo‘ladi.
 
Tuxumni chaqing va idishga solib bir muddatga qoldiring. Vaqt o‘tishi bilan tuxum sarig‘i va oqi bitta massaga aylanadi. Axir ular bir-biriga o‘xshagan massadan tayyorlangan. Rangi 2 xil xolos.
 
Tovuq tuxumi suvda qaynatilgach, 6 soat davomida muzlatkichda turganidan so‘ng, tuxum sarig‘i yashilsifat tusga kiradi, maydalanadi. Sun'iy tuxum esa sariqligicha qolaveradi. Maydalanish o‘rniga qattiqlashadi, so‘ng jelega o‘xshab qoladi.
 
Albatta, bu kabi sun'iy oziq-ovqat mahsulotlarini yaratishni butunlay to‘xtatishning imkoni yo‘q. Chunki pul topish istagida har qanday narsaning analogini yaratish istagidagi tadbirkorlar hamisha topiladi.
 
Shunday ekan, ularni ajratishni bilsak, o‘zimizni va biz uchun aziz bo‘lgan insonlarni xavfdan himoya qilgan bo‘lamiz.


Категория: Har-Hil | Просмотров:2162 | Добавил: Admin | Теги: Хитойлик “олимлар” яратган сунъий т | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 79636336389   (2016.11.19 08:49) [Материал]
Bularni yuq qisa bumasmkan wuncha zarari borakan

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь