• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 233
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Главная » 2020 » Aprel » 14 » Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etdi. Mamlakatda rasman koronavirus aniqlanmagan
13:40
Tojikistonda karantinda bo‘lgan uch kishi vafot etdi. Mamlakatda rasman koronavirus aniqlanmagan

Tojikistonning Boxtar shahrida xorijdan kelgan tojikistonliklar karantinda saqlanayotgan mahalliy klinik shifoxonalardan birining xodimasi vafot etdi. Tojikiston Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligining ma’lum qilishicha, ayol 12-aprel kuni vafot etgan.

Vazirlik 58 yoshli Oishaxon Alimovaning o‘limiga infiltrativ sil va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sabab bo‘lganini aytmoqda. Alimova kim bo‘lib ishlaganiga aniqlik kiritilmagan.

"Fergana.ru” nashrining yozishicha, Alimova viloyat kasalxonasida farrosh bo‘lib ishlagan va qo‘shimcha haq evaziga karantin zonasida ham ishlashga rozi bo‘lgan. Marhumaning qarindoshlari ta’kidlashicha, Oishaxonning yuragi og‘rib turgan va u qalqonsimon bezini davolatgan, biroq boshqa kasallikdan aziyat chekmagan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni Tojikiston hududida koronavirus infeksiyasi tarqalgani to‘g‘risidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Avvalroq Sug‘d viloyatida ham ikki bemor vafot etgani haqida xabarlar berilgan. Ulardan biri — 61 yoshli Habibullo Shodiyev 1-aprel kuni pnevmoniyadan, ikkinchisi — Hojimuhammad Toshev 11-aprel kuni yurak ishemik kasalligi va gipertoniyadan vafot etgan. Biroq shifokorlar bemorda pnevmoniya bo‘lganini ham aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, Toshev Shodiyevning ukasi bilan aloqada bo‘lgan. Ushbu holat tojikistonliklar orasida vahima keltirib chiqargan, ammo sog‘liqni saqlash vaziri hamon mamlakatda COVID-19 yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Shunga qaramay, respublika hukumati kasalxonalardagi potentsial bemorlar uchun xonalarni tayyorlab, infeksiyaning oldini olish bo‘yicha axborot kampaniyasini boshlab yuborgan. Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 1-fevral kuni xorijdan Tojikistonga kirib kelgan 7560 nafar fuqaro karantinga joylashtirilgan. 13-aprel holatiga ko‘ra, 5724 kishiga javob berilgan, 1836 fuqaro nazorat ostida qolmoqda. Karantinda saqlanayotganlar orasida 326 nafar xorij fuqarolari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 9-aprel kuni Tojikistonga un va antiseptiklardan iborat 18 vagon gumanitar yordam yuborgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:658 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 gunvrox8606   (2020.04.14 17:00) [Материал]
Alloh asrasin tojikistonimni va uzbekstonniyam

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь