• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 17 » So‘ragan edingiz: 4 savolga 4 javob
18:53
So‘ragan edingiz: 4 savolga 4 javob

Savollarga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YUNUSXON o‘g‘li javob beradi.

«Ostonada ko‘rishish mumkin emasmi?»

— Uyga mehmon kelsa yoki tanishlarimdan biri bilan ostonada gaplashib tursam, kattalar «Ostonada salomlashish mumkin emas», deya tanbeh berishadi. Nima uchun bunday qilib bo‘lmasligini so‘rasam, hech kim tayinli javob bera olmaydi. Savolim shuki, nega ostonada ko‘rishib bo‘lmaydi? Dinimizda buning hukmi qanday?

— Dinimizda «Ostonada ko‘rishish mumkin emas», degan gap yo‘q. Aslida, ostonada ko‘rishish, u yerda o‘tirish joiz. Buning hech qanday zarari yo gunohi yo‘q.
Ostonada ko‘rishishning «zarar»lari haqida har kim turlicha gaplarni aytadi. Jumladan, kambag‘allikka sabab bo‘ladi, bu yerda ko‘rishgan odamlarning bir-biridan mehri o‘sha ostonada qolib ketadi. Xullas, «Yomon bo‘ladi», deb javob beriladi.
Bu noto‘g‘ri aqidaning ildizi yurtimizga Islom ziyosi kirib kelishidan oldin mavjud bo‘lgan otashparastlik e'tiqodiga borib taraqaladi. O‘sha botil aqida egalari odatiga ko‘ra, odam vafot etganidan so‘ng uning jasadi tog‘larga, tepaliklarga olib chiqib qo‘yilgan. Jasad qush va hayvonlarga yem bo‘lgan. Faqat suyaklari qolganidan keyingina «ostadon» («ustixon» yoki «ossuariy») deb nomlangan idishga solib, uni ostonaga ko‘mishgan. Shundan so‘ng kim ostonada ko‘rishsa, salomlashsa, unga ham o‘lim yetadi, deb ishonishgan. Ya'ni, bunda o‘lgan odam ustida ko‘rishilgan bo‘ladi, shu sabab u yana o‘lik chaqiradi, deb e'tiqod qilishgan.

Shariatimizda ostonada ko‘rishishdan qaytarilmagan. Demak, ostonada o‘tirish, salomlashishning hech qanday yomon jihati yo‘q. Movarounnahr xalqlari musulmon bo‘lishgach, bu kabi bema'ni odatlar, jumladan, ostonaga mayitning suyaklarini ko‘mishga barham berildi. Ammo o‘sha udumdan qolgan bid'at-xurofotlar sarqiti hali ham odamlar orasida mavjud. Bunday johilona e'tiqodlarga faqat ma'rifat ziyosi bilangina barham berish mumkin.

Baliqqa hayvon go‘shti berish hukmi

— Hozirgi kunda baliqchilik sohasi rivojlanmoqda. Maxsus hovuzlarda Chet davlatlardan keltirilgan laqqa baliqlar yetishtirilmoqda. Baliqlarga so‘yilgan moldan ajratib tashlangan (harom sanalgan a'zo) go‘sht va qon pishirilib, quritilib berilayapti. Ushbu baliq go‘shtini iste'mol qilish musulmon kishiga joiz yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma'lumot bersangiz.

— Baliqlarga yem sifatida beriladigan siz aytgan ozuqa avval pishirib, quritilib, so‘ngra talqon qilib, ichiga turli vitamin va oqsillarga ega boshqa moddalar ham aralashtirilib beriladi. Va mazkur yemdagi hayvon go‘shtining miqdori boshqa moddalardan ko‘ra kamroq bo‘ladi, biz bilishimizcha. Agar boqiladigan hayvon baliq bo‘lsa, ulamolar bunga ruxsat berishgan. Ammo, baribir, boshqa narsa bilan boqqan afzalroq. Lekin bunday yem bilan boqiladigan qo‘y, sigir kabi quruqlik hayvonlari bo‘lsa, bu borada ahli ilm o‘rtasida ixtilof bor. Ba'zilar bu vaziyatda o‘sha go‘shti berilayotgan hayvon shariatga muvofiq so‘yilgan bo‘lishi kerak, degan fikrni ham ilgari suradilar. Boshqa ba'zilar esa qo‘y, sigirlarga ham bu kabi yemishni berishni taqiqlaydilar.

To‘ng‘iz terisidan tikilgan liboslar haqida

— Ukam kiyimlarni kimyoviy tozalash bilan shug‘ullanadigan tashkilotda ishlaydi. Unga mijozlar cho‘chqa yoki to‘ng‘iz terisidan tikilgan kiyimlarni tozalatish va bo‘yatishga olib kelishadi. Shunday kiyimlarni tozalab bersa bo‘ladimi? 

— Ulamolar, go‘shti iste'mol qilinadigan hayvonning terisi oshlash bilan pok bo‘lishiga bir ovozda ittifoq qilishgan. Mazhabboshimiz Abu Hanifa (rahmatullohi alayh) nazdida, cho‘chqadan boshqa barcha hayvonlarning – xoh go‘shti yeyiladigan, xoh yeyilmaydigan bo‘lsin, xoh so‘yilgan, yo o‘limtik bo‘lsin — terisi oshlash bilan poklanadi.

Xotirani kuchaytirish uchun

— Xotirani qanday kuchaytirsa bo‘ladi? Bu haqda biror hadis yoki o‘qib yuriladigan duolar bormi?

— Xotiraning mustahkam bo‘lishi ma'naviy va moddiy omillarga bog‘liq. Ma'naviy omil — Yaratganga imon keltirish, gunohlardan tiyilish, xususan ko‘zni nomahramlardan saqlash. Zero, inson ilm o‘rgana turib gunohlardan tiyilmas ekan, ma'lumotlar zehnga yaxshi o‘rnashmaydi. Kitob o‘qilsa-yu, nomahramlardan nigoh to‘silmasa, ilm unutiladi. Ilmni unutish, parishonxotirlik ham gunohlar asoratidir.
Xotiraning mustahkam bo‘lishidagi moddiy omil esa oziq-ovqatlar tarkibini minerallarga boy mahsulotlar bilan boyitishdir. Jumladan, yong‘oq va asal yeyilsa, xotira kuchayadi.

Inson xotirasining imkoniyati juda yuqori. Faqat biz undan doim ham oqilona foydalanolmaymiz. 600.000 hadisni sanadlari bilan to‘liq yod bilgan vatandoshimiz Imom Buxoriy ham biz kabi inson bo‘lgan. Shunday ekan, har kim xotirasidan unumli foydalansa, ko‘p yutuqlarga erishishi mumkin.
Xotiraning yosh o‘tishi bilan susayib borishiga odamning o‘zi sababchi. Agar doim nimanidir yodlab yursa, miyasini mashq qildirib tursa, keksaygach ham xotira kuchli, zehn o‘tkir bo‘ladi. Muhimi banda o‘zini ruhan cho‘ktirib, «Men endi qarib qoldim», demasdan o‘z ustida ishlashda davom etish kerak. Shuningdek, duolarda kuchli xotira, o‘tkir zehn so‘ralsa, dildagi niyatlar ro‘yobga chiqadi.
Категория: Maslahatlar | Просмотров:3279 | Добавил: Admin | Теги: So‘ragan edingiz: 4 savolga 4 javob | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 Adminon   (2017.01.19 10:16) [Материал]
Zo'r tavsiyalar

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031