 Qiziqchi Obid Asomov ijtimoiy tarmoqlar orqali avtohalokatga uchragan san'atkor do‘stini qo‘llab-quvvatlab, muxlislardan uning sog‘ayib ketishin so‘rab duo qilishlarini iltimos qildi.
Bugun, 30 iyun kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga vodiylik xonanda Ahror Usmonovning suratini joylashtirib, uning ahvoli og‘ir ekanini aytib, muxlislariga yuzlandi. "Inson ertaga nima bo‘lishini bilmaydi. Bandamiz, taqdirimiz Yaratganning qo‘lida. Ajoyib ovoz sohibi, zo‘r qo‘chiqchi, yaxshi ukam Ahror Usmonov mana, bir haftadirki, avtohalokatga uchrab, juda og‘ir ahvolda yotibdi. Duo bilan el ko‘karadi. Muxlislarimizdan iltimos, shundoq aziz kunlarda shu yigitning haqiga duo qilinglar Bolalarining baxtiga, o‘zbek san'atining baxtiga sog‘ayib ketsin!”, deb yozadi Asomov
 Ma'lum bo‘lishicha, Ahror Usmonov ayni damda Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazida yotibdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Obid Asomovning yozganlariga nisbatan o‘z munosabatini bildarar ekan, har kuni falonchining tug‘ilgan kuni yoki konserti deb suratini reklama qiladiganlar Obid Asomovdan o‘rnak olib, boshiga kulfat tushganda, qo‘llab-quvvatlashni o‘rganishi kerakligini aytishmoqda. Ma'lumot o‘rnida, Ahror Usmonov hamkasbi Alijon Isoqovga tegishli Toyota Land Cruiser Prado avtomobilida halokatga uchragan. O‘sha vaqtda avtomobilni Usmonovning turmush o‘rtog‘i boshqarayotgan bo‘lgan. Mashinada Alijon Isoqov, Ahror Usmonov va uning turmush o‘rtog‘idan tashqari, Usmonovning uch qizi va shogirdi ham bo‘lgan. Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ahror Usmonov va uning oila a'zolariga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz.
|