• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 689
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 159
Гостей: 159
Пользователи 0

2904
Risolat0921
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Главная » 2016 » Noyabr » 18 » Erkaklarga qanday maza! Mana, buning 15 isboti!
15:08
Erkaklarga qanday maza! Mana, buning 15 isboti!

— Eh, xotin! Men bo‘lmasam, nima qilarding-a?

— Shuni ayting, sizsiz uyimdagi divanim huvillab qolarmidi... Yaxshiyam bor ekansiz, dadasi, — shunday deya idishlarni yuvish uchun necha oydan beri buzilib yotgan jo‘mrakdan jildirab oqayotgan suvga tutaman. «Ha, erkaklarga mazza», deymanu qo‘lim ishdan bo‘shamaydi, xayolim o‘ydan. Qiziq-da, o‘ylab ko‘ring:

 

Anjelina Joli allaqachon «modadan qolgan» bir paytda sevimli aktyorimiz Murod Rajabovni omma qanchalik yaxshi ko‘rishiga ahamiyat berganmisiz?
Bir haftalik dam olishga borsa ham bittagina sumka bilan cheklana oladi. Qaytar chog‘ida ham yukning kerakli vazndan ortib ketish xavfi bo‘lmaydi.
Ertalablari uni «egnimga nima kiysam ekan?» degan savol qiynamaydi.
Erkaklar libosi sotiladigan do‘konlarda kiyimni kiyib ko‘rish uchun uzoq navbat kutmaydi.
To‘y yoki boshqa biror marosimga borib kelib, «endi qanday ozaman, qaysi parhezni tutsam ekan», deb o‘ylanib o‘tirmaydi.
To‘yga ketayotib, «bu kostyumimni qarindoshlarim ko‘rgan», deb bosh qotirmaydi.
Do‘stlari qomatining o‘zgarishiga tanqidiy fikr bildirishmaydi. Oshna-og‘aynilari uchun yangi shimini qaysi bozordan necha pulga olganining ham ahamiyati yo‘q.
Erkaklar «xotinim kecha ishdan kech qaytdi, sababi nimada ekan-a…» deb o‘ylamay, xotirjam futbol tomosha qiladi.
«Mo‘ylovim bilinmayaptimi? Qoshimni terdirsammi», degan bema'ni fikr ularda umuman yo‘q.
Telefon orqali suhbat uzog‘i bilan 40 soniya vaqtni olishi mumkin. Eng muhimi, bu qisqa fursat ichida u eng muhim masalalarni ikir-chikirigacha hal etishga ulguradi.
U ona deb atalmish himoyachisi borligini biladi. Shuning uchun ham aybdor bo‘lsa-da, doim suvdan quruq chiqadi.
Biror tantanaga kimdir unikiga aynan o‘xshash kostyum kiyib kelsa, asabiylashmaydi. Aksincha, u hatto o‘sha odam bilan do‘stlashib ketishi ham mumkin.
Dush, sochiq, taroq (ba'zan taroq ham shart emas). Bo‘ldi, uning soch turmagi tayyor!
Ishga kirayotib, rahbari uchun nechta farzandi borligi, tez-tez kasallikka chalinib, ish qoldirmasligining ahamiyati yo‘q.
Eng muhimi, u hech qachon o‘zidan chiroyliroq jononni ko‘rib, «erimga ko‘z olaytirmadimikan», deb xavotirlanmaydi.


Категория: Har-Hil | Просмотров:1919 | Добавил: Admin | Теги: бунинг 15 исботи!, Эркакларга қандай маза! Мана | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 Zokirjon   (2016.11.19 07:48) [Материал]
Ajoyib

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:58
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь