• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Iyul » 8 » Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkcha klipdan o`g`irlanganiga izoh berdi
11:01
Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkcha klipdan o`g`irlanganiga izoh berdi

Bundan bir necha kun avval xonanda Bahrom Nazarovning muxlislarga manzur bo`lgan taronalaridan biri "Nahotki”ga ishlangan klipi aslida o`g`irlangan bo`lib chiqqani haqida saytimizda xabar bergandik.

Ma`lum bo`lishicha, "Nahotki” klipining g`oyasi turk xonandasi Mustafa Ceceli`ning Illede ask klipidan o`g`irlangan.

Mazkuz vaziyat yuzasidan xonanda Bahrom Nazarov, klipning g`oya muallifi Anvar Haydarov hamda rejissyori Sunnat Namozovlar o`zi fikrlarini bildirishdi:

Anvar Haydarov (g`oya muallifi):
— Kimningdir aybini aytish, uni ko`rsatish oson ish, kimgadir shu klip g`oyasidan foydalanganimiz ma`lum bo`libdi-yu, ammo klipni birga bir ko`chirmaganimiz, o`zimizdan ham fikr qo`shganimiz ma`lum bo`lmapti. G`oya mendan chiqqan edi, ammo bugungi kunda ikkala klipni taqqoslayotganlar faqatgina aynan ko`chirilgan kadrlar bilan maqtanishmoqda. Aslida "Istiqlol” saroyidagi kadrning o`ziga bir kundan ortiq vaqtimiz ketgan, uni hech kim hisobga olmayapti. Klip rejissyori Sunnat Nomozovda "Nahotki” qo`shig`ining klipi uchun g`oyalar ko`p edi, biroq shu g`oya yaxshi ekanligini qayta-qayta takrorlab, ko`chirma variantni o`tkazishga oxirigacha kurashdim. Sababi bu g`oya muxlislarimizga tezroq etib borishiga, ular tez qabul qilishiga ishondim. To`g`risi o`sha klipni birinchi marta ko`rganimdayoq menga juda ham yoqdi, shu klipni muxlislarimizga ham ilinmoqchi bo`ldim, klip g`oyasi yaxshilikka xizmat qilgani uchun ham shuni ilgari surgan edim. Bu dunyoda hech narsa o`z-o`zidan bunyod bo`lib qolmaydi, qaysidir ijodiy mahsulot, boshqa bir ijodiy mahsulotga qiyosan dunyo yuzini ko`radi. Bu orqali kimningdir ishiga qo`shimcha ish qo`shib, kimgadir ortiqcha tashvish ortirgan bo`lsak uzr so`rayman.
Sunnat Namozov (klip rejissyori):
— "Nahotki” klipi xonanda Bahrom Nazarov bilan ijodiy hamkorlikdagi uchinchi video klip hisoblanadi. Xonanda Bahrom Nazarovning mazkur qo`shig`i o`zimga ham juda yoqqanligi sababli, unga 3-4 ta orginal, takrorlanmas g`oya o`ylagan edim. Ammo Anvar Haydarov ushbu g`oya bilan qo`shiq yanada tezroq muxlislarga etib borishi haqidagi fikrlari ijodiy jamoani fikrini o`zgartirdi. Klip birga bir qilib, 100% ko`chirilmadi, menimcha buni ikkala klipni ham ko`rgan muxlislarimiz yaxshi bilishayotgan bo`lishsa kerak.
Bahrom Nazarov, xonanda:
— "Nahotki” qo`shig`imizning klipiga juda ko`p g`oyalar o`ylandi. O`shalar orasida Anvar Haydarovning g`oyasi ijodiy jamoamizga ham, menga ham birdek ma`qul bo`ldi. Shunga o`xshash g`oya boshqa bir xonandada ham borligini aytganida, unda o`sha g`oyaga yondosh g`oya izlab topishlarini, qiyosan olishlarini so`ragan edim. Klipni birga bir ko`chir degan fikr hech qachon bo`lmagan. Haqiqatdan ham suratga olish ishlari boshlanganida, tasvirga olish ishlarining teng yarmi "Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tdi. Klip rejissyori talab qilgan barcha narsani unga hozirlab berdik. Tan olish kerak, garchand Mustafa Chechelining klipi boshqa g`oyaga, bizning qo`shig`imiz umuman boshqa g`oyaga xizmat qilsada, haqiqattan ham uning klipiga o`xshab qolibdi. Hozir "hamma o`z ishini qilishi kerak edi, bu erda g`oya muallifi yoki rejissyor aybdor, men faqat qo`shig`imga javob beraman”, desam ham insofdan bo`lmaydi. Demakki, bu erda barchamizning ham o`zimizga yarasha aybimiz bor.
Xulosa o`rnida
Mana ijodkorlarning fikrlariga guvohi bo`ldingiz. Xonandaning "Nahotki” taronasi darhaqiqat omadli taronalaridan biri sifatida e`tirof etilgan bir paytda uning ortidan "o`g`irlangan”, "ko`chirilgan” degan fikrlar kelib chiqishi noxush holat, albatta. Bunday salbiy fikrlar yuzaga kelmasligi uchun nima qilish kerak? Birinchidan, izlanish kerak, takrorlanmas, hech kimda uchramaydigan g`oyalar topish, ularni yaratishdan, muxlislarga taqdim etishdan qo`rqmaslik kerak. Afsuski, bugun ijodkorlarimiz nima sababdandir kimdir tomonidan avvalroq yaratilgan va tomoshabin tomonidan qabul qilib bo`lingan tayyor mahsulotdan foydalanish omadliroq bo`ladi, degan fikrda to`xtalishadi. Aslida o`sha tayyor g`oyani ham o`zlariga o`xshagan ijodkorlar o`ylab topgan-ku.

Nahotki, ijodkorlar, ichidagi sermazmun ma`nodan kelib chiqib "Nahotki”ni original video bilan taqdim etishdan qo`rqqan bo`lishsa?!

Har nima bo`lganda ham kelgusida sermahsul ijod qilayotgan ijodkorlarimiz yaratayotgan tarona va videolarini hech kim e`tiroz bildira olmaydigan darajada suratga olish darajasiga etishadi deb, umid bildirib qolamiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1862 | Добавил: Admin | Теги: Bahrom Nazarov “Nahotki”ning turkch | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 1
1 kranovshik   (2017.07.09 23:17) [Материал]
haaa

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31