| Har-Hil [10401] |
| Turfa olam [22] |
| Odnoklassniki Sirlari [39] |
| Dunyo Habarlari [26] |
| Telefon Kodlari [18] |
| Telefonlar Haqida [8] |
| Sherlar [108] |
| Futbol Yangiliklari [30] |
| Maslahatlar [37] |
| Latifalar [81] |
| Yangi Yil Tabriklari [2] |
| Senga Oshiqman [3] |
| Bilimlar [6] |
| Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [126] |
| Tush Ta'birlari [486] |
| Muchal va Burjlar [8] |
| Xamid Toshpo'latov Biografiyasi |
| Anvar Kartayev Biografiyasi |
| Ma'suda Otajonova Biografiyasi |
| Lola Eltoyeva Biografiyasi |
| Husan Sharipov Biografiyasi |
| Gulnora Qosimova Biografiyasi |
| Yodgora Ziyomuhammedova Biografiyasi |
| Shaytanat Xongrey Biografiyasi |
| Barno Qodirova Biografiyasi |
| Farziddin Fayozov Biografiyasi |
| Hoshim Arslonov Biografiyasi |
| Gulchehra Ibrohimbekova Biografiyasi |
| Erkin Komilov Biografiyasi |
| Dildora Rustamova Biografiyasi |
| Alisher Hamroyev Biografiyasi |
| Afzal Rafiqov Biografiyasi |
| Ra'no Shodiyeva Biografiyasi |
| To'lqin Tojiyev Biografiyasi |
| Zuhra Ashurova Biografiyasi |
| Behzod Muhammadkarimov Biografiyasi |
| Tush tabiri - Tushda Yel chiqarish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Kaklik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Ho'kiz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hulkar yulduz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Homiladorlik ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga chiqish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hojatga borish ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hovuz ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hassa ko'rish |
| Tush tabiri - Tushda Hammom ko'rish |

18:26 Anvar Obidjon 70 yoshini bolalar davrasida nishonladi | |
O‘zbek bolalar adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyondasi, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qutlug‘ 70 yoshni qarshi oldi. Shoir yubileyini keng jamoatchilik, xususan, bolalar bilan nishonlamoqda. Kecha, 27 yanvar kuni "Bilimdon”, "Dono Word”, "Znayka”, "Excellent” jurnallari tahririyati bilan hamkorlik qilib kelayotgan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mazkur nashriyot tomonidan ham ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Unda jurnallar tahririyati a'zolari – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, taniqli bolalar shoirasi Kavsar Turdiyeva, shuningdek, poytaxtimizdagi 90-umumta'lim maktabining o‘quvchilari, pedagogik jamoasi ishtirok etishdi. Uchrashuvda shoir o‘zining hayoti va ijodi bilan bog‘liq yorqin xotiralar hamda bolalik yillarini ham yodga oldi. Tadbirda Anvar Obidjonga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari topshirildi. Ma'lumot uchun, Anvar Obidjon 1947 yilning 25 yanvarida Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. 1964 yilda o‘rta maktabni tugatgach, Samarqand moliya texnikumida o‘qigan. 1981 yildan boshlab u Toshkentga kelib, "Yosh gvardiya” nashriyoti, "Yosh kuch”, "Mushtum” jurnallarida faoliyat ko‘rsatdi. Shoirning "Bahromning hikoyalari”, "Olovjon va uning do‘stlari”, "Ey, yorug‘ dunyo”, "Ketmagil”, "Bezgakshamol”, "Masxaraboz bola”, "Juda qiziq voqyea”, "Oltin yurakli avtobola”, "Dahshatli Meshpolvon” kabi she'riy va nasriy kitoblari chop etilgan. Ulardan tashqari, adibning "Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, "Pahlavonning o‘g‘irlanishi” kabi p'yesalari sahna yuzini ko‘rgan. | |
|
| |