• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Dekabr » 27 » Sanjar Holiqov Shaxlo Ahmedova bilan mubosabati
23:41
Sanjar Holiqov Shaxlo Ahmedova bilan mubosabati

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rashid Xoliqov o‘zining ko‘p yillik ijodi bilan tinglovchilar dilidan chuqur joy olib ulgurdi. Bugun u san'at olamida yolg‘iz emas. Xonandaning o‘g‘li – Sanjar ham xonandalik yo‘lida ijod qilyapti.

— San'atkorning farzandi ijod yo‘lini tanlasa, u eng kamida otasining darajasiga erishishi kerak. Xo‘sh, sizning maqsad va rejalaringiz qanday?

—Ijod qilayotganimga endi bir yarim yil bo‘lyapti. Dadam esa 26 yillik tajribaga ega professional san'atkor. Men haqimda xulosa chiqarishga hali erta. Nasib qilsa, men ham xuddi otam singari san'atda o‘z o‘rnimni topib, tajriba oshirib, xalqimizning ko‘nglidan chuqur joy olaman. Bugun shu maqsadda izlanyapman.

— Familiyangizni, otangizning mashhurligini suiste'mol qilgan paytlaringiz bo‘lganmi? Vijdonan javob bering!

— Yo‘q! Odamlar tashqi ko‘rinishimdan kimligimni bilib olishadi (kuladi). Shunday bo‘lsa ham hech qachon biror muammmo yoki masala yuzasidan kimningdir eshigini qoqsam, dadamning nomidan foydalanmayman. O‘zimni shaxs sifatida qabul qilishlarini xohlayman.

— Shou-biznesga kirganingizda siz uchun eng kutilmagan holat nima edi?

— Xonandalik faoliyatini boshlayotganimni eshitganlar «Shou-biznes dunyosi mashaqqatli. Qiynalib qolasan», deyishgandi. To‘g‘ri, har bir sohaning qiyinchiligi bor, buni bilardim. Ammo bu darajada, deb o‘ylamagan ekanman. Odamlarning gap–so‘ziga hayron qolaman. Qizig‘i, tanimagan, biror marta men bilan gaplashmagan, ayniqsa, ayrim tengdoshlarim men haqimda salbiy fikrda. Birovga ziyonim tegmasa, nega menga bunday munosabat bildirishyapti, bilolmayman. Bunday holatlarga e'tibor bermaslikka harakat qilyapman. Asosiy e'tiborim o‘qish va ijodimga qaratilgan.

—Kliplaringizni tomosha qilib oz muncha pul sarflanmaganini bilish qiyin emas. Qimmat klip suratga olishdan maqsad?

— Men video ketma-ketliklarimni qimmat emas, balki sifatli ijod maxsuli, degan bo‘lardim. Maqsadimiz esa xalqimizni sifatli mahsulotga loyiq deb bilganimizdir.

— Kim bilan duet kuylashni orzu qilasiz?

— «Orzuimdagi san'atkor mana shu» deyolmayman. Ammo Shahlo Ahmedova bilan hamkorlik qilish rejamizda bor.
— Shahlo bilan munosabatlaringiz haqida gap tarqaldi. O‘zingizdan eshitsak...

— Shahlo Ahmedova bilan san'atga kirib kelishimizdan avval tanishib, do‘stlashganmiz. Bizning munosabatlarimizni muhabbatga yo‘yish xato.

— Yaxshi. Uylanish rejangiz qachon?

— Hozircha bu haqida o‘ylamayapman. Vaqti soati kelganida, ko‘nglimdan joy oladigan qizni uchratsam, oila qurish haqida bir qarorga kelishim mumkin. Bugun esa faqat ijod bilan bandman.

— Qay bir ta'rif sizga ma'qul: Rashid Holiqovning o‘g‘li Sanjar Holiqovmi yo Sanjar Xoliqovning otasi Rashid Holiqov?

— Fikrimcha, o‘z yo‘limni topgunimga qadar, Rashid Holiqovning o‘g‘li, Sanjar Holiqov deya atashadi. Balki yillar o‘tib, Sanjarning dadasi Rashid Holiqov deyishar. Lekin bu qiyin masala. Negaki, san'atda otam birinchi tanilgan. Men esa dadamning ishini davom ettirayotgan keyingi avlodman. Va bundan g‘oyat fahrlanaman.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2644 | Добавил: Admin | Теги: Sanjar Holiqov Shaxlo Ahmedova bila | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031