• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Dekabr » 30 » Oybek va Nigora bilan yangi yil oldi suhbat
19:44
Oybek va Nigora bilan yangi yil oldi suhbat

- Ijod va hayotda bir-biringizni qanchalik tushunasiz?
- Oybek: Juda ham yaxshi tushunamiz. Nimagaki, uzoq yillardan beri birga ijod qilib kelmoqdamiz. Sahnada ham, hayotda ham bir-birimizni ko‘z qarashimizdan tushunamiz, nima istayotganimizni bilib olishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytadigan bo‘lsam, inson bir-birini qiyin vaziyatlarda, umuman har qanday holatda tushunishga harakat qilsa, shundagina haqiqiy baxtga erishadi.
- Nigora: Kasbdosh sifatida ularni yaxshiroq tushunaman. Chunki hamkasb sifatida o‘zim bemalol tushunmagan narsalarimni ulardan so‘rab, bilib olishim mumkin. Hayotda esa, misol uchun qoshlar chimirilganda nimani noto‘g‘ri qilib qo‘yganimni tushunmay qolaman. Keyin sababini tushunishga harakat qilaman.- Biror qaror qabul qilishda qaysi biringiz shoshqaloqsiz?
- Nigora: Albatta, men. Hamma narsa juda tez bo‘lishini xohlayman. Biror joyga borishimiz kerak bo‘lsa ham aynan kelishilgan vaqtda yetib borishga harakat qilaman. Lekin shoshganimdan nimadir esimdan chiqib qoladi va ortga qaytamiz. Baribir kech qolamiz-da (kuladi). Qaror qabul qilayotganda ham shunday. Bo‘ldi mana shu ishni qilamiz, deyman-da. Keyin o‘ylaganimdek bo‘lmasa, oxirigacha tahlil qilmaganimni tushunib, attang qilaman. Natijada turmush o‘rtog‘imning gaplariga quloq tutaman. Bular yetti o‘lchab, bir kesadilar.
- Oybek: Insonda har xil vaziyat bo‘ladi-da. Ba'zan chuqur o‘ylab keyin, ba'zida tezroq biror qarorga kelish kerak bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘pincha o‘ylab qaror chiqaramiz.- Jahlingiz chiqqanida nima bilan uni yengishga harakat qilasiz?
- Nigora: Turmush qurmasimizdan avval, bor alamimni bulardan olardim. Hozirda jim turaman. Sukut bilan yengishga odatlanganman. Inson olti sekund sukut qilsa, xovuridan tushadi, deyishadi. Haqiqatda shu rost. Keyin farzandimiz bilan o‘zimizni chalg‘itamiz.
- Oybek: Avvalo bir-birimizga jahl qilmaslikka harakat qilamiz. Har qanday vaziyatda ham.
- Urushib qolsangiz kim birinchi uzr so‘raydi?
- Oybek: Odatda biz janjallashmaymiz. Urushish ham oddiy kelishmovchilik bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy hol, albatta. Lekin uzr so‘rash, ma'lum muddat gaplashmay qolish kabi holatlargacha yetib bormaydi. Ilohim oxirigacha shunday bo‘lsin.- Kitob o‘qishdan to‘xtagan inson fikrlashdan ham to‘xtaydi, deyishadi. Bu fikrga sizning munosabatingiz.
- Oybek: Haq gap. (Uzoq sukutdan so‘ng...) Oxirgi marta qachon kitob o‘qiganimni eslay olmayman. Odatda internet orqali yangiliklarni o‘qib boraman. Lekin kitob o‘qish niyatim bor.
- Nigora: Kun bo‘yi ishda bo‘lib, kech uyga qaytganda, ko‘proq farzandim bilan shug‘ullanaman. Biror nima o‘qishga vaqtim bo‘lmaydi. Lekin bular kitob bo‘lmasa ham, internet orqali dunyo va jahon yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lib turadilar va menga yetkazadilar. O‘zim vaqtim bo‘lganda ko‘pincha rus tilidagi turli romanlarni o‘qiyman.
- Farzand tarbiyasida ko‘proq nimalarga ahamiyat qaratasiz?
- Nigora: Bola xato qilsa, unga baqirib emas, aksincha yumshoqlik bilan tushuntirsangiz, u albatta sizni tinglaydi. To‘g‘ri, farzandimiz hali yosh, unga bu usulni qo‘llash biroz g‘alati bo‘lishi mumkin, lekin bolani kichikligidanoq shunga o‘rgatish kerak, deb hisoblayman. Shirin muomala baribir o‘z natijasini beradi. Imronda buni sinab ham ko‘rdim. SHo‘xlik qilsa, sal ovozimni ko‘tarib do‘q ursam, qilayotgan ishini takrorlayveradi. Keyin yaxshi gap bilan tushuntirsam, darrov quloq soladi.- Oilada qaysi biringiz qattiqqo‘lsiz?
- Nigora: Men (kuladi). Bular ko‘pincha bolani erkalatish bilan ovora bo‘ladilar.
- Bolaga ertak kitob o‘qib berasizmi?
- Nigora: Ertak kitob o‘qib berishga, menimcha sal erta. Lekin ertakning bosh qismi, ya'ni bor ekan-da, yo‘q ekan deyishim bilan Imron sergak tortadi. Ko‘pincha qo‘shiq xirgoyi qilib beramiz.
- Oybek: Hozircha multfilmlarni mazza qilib ko‘radi.
- Bolangizning parvarishi va tarbiyasi bilan ko‘proq kim shug‘ullanadi?
- Oybek: Ikkalamiz birgalikda qarashga harakat qilamiz. Lekin biz ishda bo‘lganimizda xolasi qarab turadi.- Tasavvur qiling, vaqt o‘n yil ortga qaytdi. Bosib o‘tgan yo‘ldan qayta harakatlanarmidingiz yoki boshqa yo‘lak tomon ketishingiz ham mumkinmidi?
- Nigora: To‘g‘ri, har bir insonda bo‘ladi: voy mana bu ishni qilolmadim, bunga ulgurmading. Lekin o‘ylab ko‘rsak, qolgan ishlarning ham o‘ziga xos yaxshi tarafi ham bo‘ladi. Menimcha xuddi shu yo‘lni bosib o‘tgan bo‘lardim. Lekin boshqa yo‘ldan ketasan-u, ammo shu turmush o‘rtoq, shu farzanding bo‘ladi deyishsa, balki boshqa tomondan ketardim.
- Oybek: Men ham rafiqam fikriga qo‘shilaman. Menimcha bosib o‘tgan yo‘limiz yomon emaski, biz qayta harakatlansak. Aytishadiku, hamma narsa yaxshilikka deb.
- O‘zingizni xonandalikdan boshqa kasbga tasavvur qilib ko‘rganmisiz?
- Nigora: Xonanda bo‘lishdan, avval bog‘chada tarbiyachi  vazifasida ishlaganman. Nazarimda shu vazifani zo‘r eplayman. Chunki bog‘chaga borganimda bolalar meni xursandchilik bilan qarshilardi. Ketayotganimda, hattoki bir-ikkitasi yig‘lardi ham. Bolalarni juda yaxshi ko‘raman.
- Oybek: Avvallari shu ma'noda savol berilsa, hazil tarzida kosmanavt, deb javob berardim. Ochig‘ini aytsam, ovqatni yaxshi pishiraman. Ba'zida oshpaz bo‘lib ketgim keladi (kuladi). Balki oshpaz bo‘lardim.- Bir-biringizga yolg‘on gapirib turasizmi? Qanday vaziyatlarda?
- Nigora: Ba'zan bularni yolg‘on gapirishlarini bilib qolaman. Qachon yolg‘on gapiradilar, parxez tutayotgan vaqtlarida (kuladi). To‘g‘risini ayting mana buni yedingiz-a, desam, yo‘q, deb turib oladilar. Men ham yolg‘on gapirib turaman, faqat qaysi vaziyatlarda ekanini aytmayman (kuladi). Yaxshilikka bo‘lsa, yolg‘on gapirib turaman.
- O‘zaro sirlaringizni yana boshqa birov bilan bo‘lishasizlarmi?
- Oybek: Yo‘q.
- Nigora: Yo‘q. Oramizdagi kichginagina sirni ham o‘zimizdan boshqa hech kim bilmasligi mumkin. Hattoki onalarimiz ham. Shu darajada bir-birimizga ishonib, sirlarimizni aytamiz.
- Nigora doimiy murojaat qilib turadigan stilist va dizayneringiz bormi?
- Doim bitta dizaynerga murojaat etaman deb aytolmayman. Sababi har bir dizaynerni ba'zida vaqti bo‘ladi, ba'zida yo‘q. Murojaat qiladiganlarim Gulchehra Yunusova GIGU brendi asoschisi, Dilnoza Umrzoqova va boshqalar. Doimiy stilistim deb, uch-to‘rt yildan buyon boradigan Iroda opani (@irowa) aytishim mumkin.- Oybek sizning imidjingiz ustida kimdir ishlaydimi?
- Kiyinish borasida Nigora ko‘proq maslahat beradi. Soch turmagimni esa «Akmal Tamo»dagi kichik Akmal akaga ishonib topshirganman.
- Bugungi Nigora ko‘rinishi jihatidan avvalgisidan ancha farq qiladi. Bu imidjingiz ustida kim ishlagan? Yoki shaxsiy tanlovingizmi?
- Asosiy o‘zgarish turmushga chiqqanimdan so‘ng bo‘ldi. Xomiladorlik davri qiyin kechdi. Juda katta vazn yo‘qotdim. Shu sabab menimcha tashqi ko‘rinishim ancha o‘zgardi. Avvallari ko‘p aytishardi: semizsiz, ozing, parxez tuting. Harakat qilardim-u, ammo uddasidan chiqolmasdim. Hyech qanday jarrohlik operatsiyasi bo‘lmagan.
- Bugungacha erishgan eng katta muvaffaqiyatingiz nima?
- Oybek: «Nihol» davlat mukofoti, mana 2015 yilda «E'tirof»ni oldik. Nazarimda ijoddagi eng katta yutuqlarimiz shular.
- Nigora: Hayotda esa bir-birimizga erishdik, farzandimiz bor. Baxtli hayot kechirayotganimiz. Mana shular eng katta muvaffaqiyatlarimiz.- Fikr va qarashlaringiz bir-biringizga qanchalik monand?
- Oybek: Bir-biriga yaqin. Qiziqishlarimiz deyarli bir xil.
- Mana yangi yil ham yaqinlashmoqda. Aytingichi, bu yilda nimalarni rejalashtirib, ularning qay biri amalga oshdi?
- Oybek: Bu yil biz uchun zo‘r keldi. O‘tgan yillarga nisbatan. Bu yil ancha mehnat qildik, kliplar suratga olindi. Rejalashtirgan ishlarimizni ko‘pini bajardik. O‘zimiz kutgandan-da yaxshiroq bo‘ldi. Kelayotgan yilga ham katta maqsadlar qo‘yganmiz oldimizga. O‘ylaymizki, niyatlarimiz albatta ro‘yobga chiqadi.
- Nigora: Shaxsiy hayotda ham o‘zimiz nima niyat qilgan bo‘lsak, deyarli barchasiga erishdik.
- Kelayotgan yildan kutayotgan ilinjingiz?
- Oybek: Juda ko‘p zo‘r qo‘shiqlar tayyorlab qo‘yganmiz.
- Nigora: Juda ko‘pchilik qachon yakkaxon konsert berasizlar deb so‘raydi Bu yil amalga oshmay qolgan rejalarimizdan biri ham shu. Nasib etsa, kelayotgan yilda bu niyatimizga yetamiz.- Yangi yilni qanday nishonlaysiz? Oiladami yoki do‘stlar davrasida? Oilaviy an'analar bormi?
- Oybek: Hamma bir joyga yig‘ilib, soat 12:00 ga bong urishini kutib o‘tirishning o‘zi bir an'ana. Undan so‘ng, do‘stlarimizni ko‘rishga shoshamiz.
- Nigora: Ayollarda bo‘ladigan an'ana, shirin taomlar tayyorlash.
- Yangi yilni qanday kutib olishni rejalashtirgansiz?
- Nigora: Turmush qurishimizdan avval ham shu kuni xizmatlarda bo‘lib qolardik. Lekin 12:00gacha uyga yetib borishimiz kerak edi. Ammo bu yilni shoshmasdan, xotirjam uyda kutish niyatimiz bor.
- Oybek: Men har yili yangi yilda qor yog‘ishini orzu qilaman.
- Chet elda kutishni orzu qilganmisiz?
- Oybek: New-Yorkda kutishni orzu qilaman.
- Nigora: Shu paytgacha biror joyga borib yangi yil kutishni niyat qilmagan ekanman. Lekin o‘zimni uyimda, kamin atrofida, archalar bezatilgan, aynan shunday atmosferada kutib olishni xohlayman.- Yangi yilni filmlar-u har xil tomoshalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aynan yangi yilda siz yoqtirib ko‘radigan film?
- Nigora: Uch-to‘rt yildan beri «Odin doma»ni («Uyda yolg‘iz o‘zi») barcha qismlarini ko‘rgim keladi, lekin hech sharoit bo‘lmayapti. Balki bu yil ko‘rarman.
- Muxlislar uchun Yangi yil tilaklari.
- Oybek: Doimio sog‘ bo‘lishsin. Nima niyatlari bo‘lsa, barchasi ijobat bo‘lsin.
- Nigora: Har doim oila davrasida hamma sog‘-salomat bo‘lib, birgalikda kutish nasib etsin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1780 | Добавил: Admin | Теги: Oybek va Nigora bilan yangi yil old | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031