• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Zoir Mirzayev rahbarlarga qishlog‘i uchun kutubxona qurish talabini qo‘ygandi. Birinchi kutubxona Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida ish bosh
20:35
Zoir Mirzayev rahbarlarga qishlog‘i uchun kutubxona qurish talabini qo‘ygandi. Birinchi kutubxona Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida ish bosh

Zoir Mirzayev viloyat hokimi sifatida Dehqonobod tumaniga birinchi tashrifida viloyat boshqarmalarida faoliyat yuritayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq uchun kutubxona qurib berish taklifini bergandi. Dehqonobodning tog‘li qishlog‘ida birinchi kutubxona ish boshladi.
Zoir Mirzayev 2019-yil 26-oktabr kuni Qashqadaryo viloyatiga hokim etib tayinlangach, shu yilning 6-noyabr kuni Dehqonobod tumaniga borgandi. Viloyat hokimi Dehqonobod Kaliy zavodida viloyat tashkiloti rahbarlari bilan muloqotida viloyatda ishlayotgan dehqonobodlik rahbarlarga o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloqda o‘g‘irlangan pulga emas, o‘z nomiga olingan kredit mablag‘iga kutubxona qurish talabini qo‘ygandi.

Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Anvar Muzapov mazkur topshiriqqa asosan, Qoluvdor qishlog‘ida 50 million so‘m mablag‘ evaziga qishloq yoshlari uchun kutubxona qurib berdi. Shuningdek, kutubxonaga 500 dona kitob ham sovg‘a qildi.

"Dehqonobodlik yoshlar bu g‘amxo‘rlikka munosib javob berishiga ishonamiz va biz ularni qo‘llab-quvvatlaymiz. Maktab o‘quvchilari uchun futbol maydoni, qishloq ahli uchun tibbiyot markazi qurib beramiz. Aholini qiynab kelayotgan ichimlik suvi muammosini ham hal etamiz”, — dedi kutubxona ochilishida ishtirok etgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev.

Dehqonobod tumanida "Har bir yoshga — bir gektar” loyihasi bo‘yicha 152 nafar yoshga 1 gektardan yer ham berilgan. Qizilcha qishlog‘ida davom etgan tadbirda Dehqonobod hokimi Zoir Aliqulov ham 100 nafar yoshga yer berib, pista, bodom ko‘chatlarini ekish sirlarini o‘rgatgan.

Zoir Mirzayevning Dehqonobodga tashrifi so‘ngida Ingichka qishlog‘iga boradigan yo‘lni ta’mirlash uchun mahalliy budjetdan mablag‘ ajaratishga kelishib olindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:564 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031