• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniya va COVID-19 ga chalingan qancha bemor davolanayotgani ma’lum qilindi
22:34
Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniya va COVID-19 ga chalingan qancha bemor davolanayotgani ma’lum qilindi

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasidagi PZR test tasdiqlangan va pnevmoniyaga chalingan 737 nafar bemor davolanmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 10 kun ichida muassasaga o‘rta hisobda har kuni 85 nafar bemor qabul qilinib, kuniga ularning o‘rtacha 63 nafari sog‘aymoqda.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda shifoxonaga murojaat qilayotganlarni turli yosh toifasidagi insonlar tashkil etmoqda. Qolaversa, muassasaning jonlantirish bo‘limida muolaja olayotgan og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi bemorlar orasida bolalar, yoshlar va katta yoshdagi insonlar ham bor. Qayd etilishicha, ularning ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanmagan.

"Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 68 yoshli B.N. ana shunday bemorlardan. O‘z vaqtida vaksina olmagani sababli 2021-yil 24-noyabrda koronavirus kasalligining og‘ir kechishi bilan ushbu shifoxonaga olib kelingan. Yondosh xastaliklari bo‘lgani bois keyinchalik reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan”, — deydi u.

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori o‘rinbosari Hilola Alimovaning aytishicha, shu kungacha kasalxonada davolangan bemorlar orasida vaksina olgan 531 nafar bemorning 509 nafarida (96 foiz) kasallik yengil va o‘rta og‘ir darajada kechgan. "Qolgan 22 nafarida kasallik nisbatan og‘ir o‘tgan. Bunga esa ularning aksariyati katta yoshli ekani, shu bilan birga, yurak yetishmovchiligi, gipertoniya, qandli diabet kabi yondosh kasalliklari borligi sababdir”, — deya ta’kidlaydi u.

Alimovaning so‘zlariga ko‘ra, emlangandan so‘ng shakllangan immunitet kasallikni o‘tkazgandan keyingi himoyadan yaxshiroq. Sababi emlashda neytrallovchi antitanachalarning miqdori kasallik o‘tkazgandan keyin shakllanadigan antitanachalar miqdoridan ancha yuqori bo‘ladi.

"Qolaversa, vaksina olmagan insonlarda xastalikning og‘ir kechishi va o‘lim holati kuzatilishidan tashqari, uzoq muddatli nafas olish, yurak qon-tomir tizimi hamda bosh miyaning shikastlanishi davom etishi mumkin. Shu sababli shifokor sifatida yurtdoshlarimizga kasallikka qarshi vaksina olishni tavsiya qilaman”, — deydi u.

Ma’lumot uchun, ayni kungacha mamlakatda jami 34 660 874 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 17 849 571 nafarni;
2-bosqichda emlanganlar 11 111 655 nafarni;
3-bosqichda emlanganlar 5 699 648 nafarni tashkil qilmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda koronavirusga qarshi buster doza bilan emlash boshlangani, mamlakatda koronavirusning o‘rta darajasiga chalingan bemorni davolash davlat budjetiga 15 million so‘mga tushayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:315 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031