• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 43
Гостей: 43
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Dekabr » 4 » Yunusobod dehqon bozori yaqinidagi sotuvchilardan har oy pul undirib kelgan ayol ushlandi
22:15
Yunusobod dehqon bozori yaqinidagi sotuvchilardan har oy pul undirib kelgan ayol ushlandi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yunusobod tumanida fuqarolardan "soliq” yig‘ib yurgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar beradi idora axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Yunusobod dehqon bozori atrofida joylashgan yerosti yo‘lagida kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanayotganlarga mazkur hudud unga tegishli ekani, uning ruxsatisiz bu yerda ishlash mumkin emasligini ta’kidlab, savdo-sotiq qilishga to‘sqinlik qilib kelgan. Kimdir bu yerda savdo qilishni istasa har oyda 250 dollar pul berishini talab qilgan.

Noyabr oyi boshlarida bir necha fuqaro tomonidan Toshkent shahar IIBBga murojaat kelib tushgan. Mazkur murojaatda Yunusobod dehqon bozori atrofidagi yoymalarda Laylo ismli fuqaro tamagirlik yo‘li bilan pul undirib, savdo-sotiq qilishga to‘sqinlik qilayotgani bildirilgan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida haqiqatan ham Laylo ismli ayol fuqarolardan pul undirib kelgani aniqlangan. Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan va ayol fuqarolardan 200 dollar olayotganida ushlangan.

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga topshirilgan. Olib borilgan tergov harakatlari davomida Laylo ismli ayol 2021-yilning fevralidan noyabr oyiga 73 million so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-modda 2-qismi "a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Avvalroq Namanganda tadbirkorlarni "shantaj” qilib, ulardan pul olib kelgan ayol ushlangani, Toshkent viloyatidagi "G‘ishtko‘prik” chegara postida talon-torojlik qilayotgan uyushgan guruh borligi aytilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:303 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Dekabr 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031