• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » Mart » 23 » Yulduz Usmonovaning libosi tinimsiz tanqidlarga sabab bo‘lmoqda
16:46
Yulduz Usmonovaning libosi tinimsiz tanqidlarga sabab bo‘lmoqda

Xonanda ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirilayotgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarar, balki...

So‘nggi vaqtlarda san'atkorlarning omma qarshisida o‘zini tutishi, sahna madaniyatiga rioya etishi va tomoshabinlar oldiga kiyib chiqayotgan liboslari OAV va muxlislar tomonidan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Bunga misol tariqasida xonandalar Lola Yo‘ldosheva, Manzura Yo‘ldosheva va Nilufar Usmonova bilan bog‘liq holatlarni eslashning o‘zi kifoya.

Kecha, 21 mart kuni Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Toshkentdagi restoranlardan birida kichik konsert dasturini taqdim etdi. Xonandaning ushbu konsert dasturidan bir qancha suratlari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarga, xususan, Yulduz Usmonovaning nomiga rasmiylashtirilgan sahifaga ham joylashtirildi. Ushbu suratlar ayni damda ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeridagi ayrim guruhlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Suratga nisbatan izoh qoldirayotganlarning aksariyati Yulduz Usmonovaning konsertga kiyib borgan libosini qoralab, uni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotganlikda ayblashmoqda. Ularning fikricha, ko‘ylakning old qismi juda keng ochib yuborilgan."Yulduz Usmonova bu libosi bilan yosh san'atkorlarga qanday o‘rnak bo‘lishi mumkin?” qabilidagi savollarning oxiri ko‘rinmayapti. Albatta, xonandaning libosiga emas, uning qo‘shig‘iga baho berish kerakligini talab qilayotgan muxlislar ham yo‘q emas.

Bizningcha, ikki fikrda ham jon bordek. Biroq yoshlarni tanqid qilish va ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun avvalo insonning o‘zi har taraflama bunga loyiq bo‘lishi kerak emasmi? O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova – tirik afsona. Qo‘shiqlari bilan millionlab insonlarning qalbidan joy olgan otashnafas hofiza. Shunga yarasha u muxlislarini qanday hurmat qilishni ham yaxshi biladi. Shuning uchundir mana 30 yildirki, u hamon sahnada. Bugungi san'at esa kechagisidan ancha farq qilyapti. To‘g‘ri, qo‘shiqlarning umri qisqa, mazmuni sayozdir, biroq tinglovchi bugun nafaqat qo‘shiqqa, balki san'atkorning ma'naviy qiyofasiga ham e'tibor qaratayotgani sir emas. Xonanda ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirilayotgan fikrlardan tegishli xulosa chiqarar, balki...

Категория: Har-Hil | Просмотров:3683 | Добавил: Admin | Теги: Yulduz Usmonovaning libosi tinimsiz | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031