• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 5 » Yulduz Usmonova ishi bo‘yicha sud o‘tkazilmadi. Xonanda o‘z uyida qolmoqda
17:42
Yulduz Usmonova ishi bo‘yicha sud o‘tkazilmadi. Xonanda o‘z uyida qolmoqda

Bugun, 5 may soat 14:00 da Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Ichki ishlar xodimlarini haqorat qilgani bo‘yicha ochilgan ish ko‘rib chiqilishi kerak edi. Ammo sud majlisi o‘tkazilmadi.

Bunga rasmiylar jo‘yali izoh bergani ham yo‘q. Sud majlisida ishtirok etish uchun Ma’muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga borgan va hamon o‘sha yerda bo‘lib turgan muxbirimizning xabar berishicha, ayblanuvchi Yulduz Usmonova, hatto, kelmagan ham. Uning o‘rniga uyidan turib, Instagram orqali jonli muloqot uyushtirgan. Xonanda jonli muloqot vaqtida shunday degan:

"Sirdaryoga borolmadim. Xayriyalarni administratorlarim orqali jo‘natdim. Hozir uyimdaman. Sudgacha bo‘lgan surishtiruv ishlari ketyapti. Unda borib qatnashib keldim. 10 kun uydan chiqa olmayman. Shuning uchun Sirdaryoga ham borolmadim".

Ichki ishlar vazirligi mas’ullarining sud bugun soat 14:00 boshlanadi degan gapiga ishonib, sud binosi oldiga borgan jurnalistlar esa 4-5 soat davomida tashqarida kutishiga to‘g‘ri kelgan. Oradan 5 soatga yaqin vaqt o‘tgach, IIV mas’ullari jurnalistlardan ketishlarini iltimos qilgan.

Ma’lumot uchun, kecha, 4 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini keskin tanqid qilgani va haqoratlagani aks etgan video tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi holat bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Vazirlik Matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov bilan suhbatda madaniyat sohasi vakilining bu harakati judayam nomaqbul ekanini aytib, videoni bir ko‘rishda Usmonovaning ruhiy salomatligiga shubha qilganini ta’kidladi.

Hozirgacha Madaniyat vazirligi va "O‘zbekkonsert” davlat muassasasi ham videoga munosabat bildirdi. Ulardan biri xonandaga tanbeh berib cheklangan bo‘lsa, ikkinchisi Usmonovaning axloqi masalasi jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:570 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь