• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 4 » “Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini qasddan haqorat qilgan” – IIV holat bo‘yicha surishtiruv boshlatdi
23:38
“Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini qasddan haqorat qilgan” – IIV holat bo‘yicha surishtiruv boshlatdi

Kecha, 4 may kuni O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlarini haqoratlab, so‘ng uzr so‘rab chiqqan edi. Mazkur holatga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirdi. Unda shunday deyiladi: 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatidan noroziligi aks etgan videomateriallar tarqaldi. Mazkur tasvirlar joriy yilning 4 mayda Yu.Usmonovaning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirdan yozib olingan. Videotasvirdagi haqoratomuz fikrlar bevosita ichki ishlar organlariga bildirilganligi uchun, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy jihatdan qo‘llab kelayotgan, o‘z ijod namunalari bilan vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirish, yoshlar ruhiyatida vatanga xizmat qilishdek muqaddas burchni shakllantirayotgan san’atkorlarimizning o‘rni beqiyos.

Afsuski, shunday og‘ir vaziyatda san’atkor taniqli Yulduz Usmonova tomonidan huquqni muhofaza qilish organlarining xizmat faoliyatiga barmoq orasidan qarab, ularni asossiz tanqid qilishi o‘ta madaniyatsizlik va salbiy holat, albatta. 

O‘z qilmishi bilan Yulduz Usmonova barcha ichki ishlar organlari xodimlarini uyatli so‘zlar, obro‘sizlantiruvchi uydirmalar va beodoblik bilan qasddan haqorat qilgan.

Asli holatga oydinlik kiritadigan bo‘lsak, joriy yilning 2 mayda soat taxminan 21:00larda Mirzo Ulug‘bek tumani 4-sonli ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori leytenant M.Ortiqjonov, shu tumanda yashovchi Yu.Usmonovaning xonadoniga o‘ttiz nafarga yaqin fuqarolar, Sirdaryo viloyati, Sardoba tumanida ro‘y bergan suv toshqinidan jabrlangan aholiga yordam berish maqsadida hayriya uchun turli hildagi oziq-ovqat hamda boshqa mol-mulklarni olib kelganliklarini kuzatgan. Ushbu yukni tegishli manzilga yetkazib berishga yordam berish maqsadida, hududga biriktirilgan PPX xodimlari serjant D.Ortiqov va safdor A.Sultonovlar bilan birga yuk mashinalariga ortishga yordamlashib, Toshkent shahar IIBB 

YHXB xodimi mayor B.Gapparov boshqaruvidagi maxsus transport vositasi kuzatuvida Sirdaryo viloyatiga to‘planib ketadigan yig‘in joyiga, ya’ni 

"Turkiston” san’at saroyiga kuzatib qo‘ygan.
Shundan so‘ng, Yu.Usmonova o‘zining yordamchilari orqali to‘plangan yuklarni darhol, ya’ni 3 may soat 00.10larda YHXB xodimlari kuzatuvi ostida Sirdaryo viloyatiga jo‘natilishini talab qilgan. Shunda xodimlar Yu.Usmonovaga Sirdaryo viloyatiga chiqish belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma asosida, kunduzgi vaqtda hamda uyushgan holda amalga oshirilishini tushuntirishlariga qaramasdan, uning asossiz tanqidiga uchraganlar. 

Jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, o‘ta madaniyatsizlik bilan turli xaqoratnomuz so‘zlarni gapirayotgan ayolga belgilangan tartibni tushuntirishga uringan xodimlar, ziddiyatli vaziyatni keskinlashib ketishini oldini olish maqsadida, ushbu ayol bilan muloqotni to‘xtatib, o‘z xizmat vazifalarini davom ettirganlar. Shundan so‘ng, Yu.Usmonova ijtimoiy tarmoq orqali "on-layn” tarzda ichki ishlar organlarini obro
‘sizlantiruvchi, asossiz haqoratlar aks ettirilgan videorolikni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan madaniyat xodimi nomiga dog‘ tushirgan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan, ichki ishlar organlari xodimlari sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga harakat qilgan fuqaro Yu.Usmonovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Ish yakuni bo‘yicha holatga oydinlik kiritilib aybdorlarga qonuniy tartibda chora belgilanadi.

Shu o‘rinda vaziyatga xolis munosabat bildirib, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlariga adolat nazari bilan qaragan fuqarolarimizga, madaniyat vakillariga, jurnalistlar, blogerlar hamda ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilariga minnatdorchilik bildiramiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:42
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь