• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 4 » Yulduz Usmonova Ichki ishlar organlari xodimlarini qattiq haqoratladi
17:19
Yulduz Usmonova Ichki ishlar organlari xodimlarini qattiq haqoratladi

Internetning o‘zbek segmenti O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning navbatdagi chiqishi bilan portladi. San’atkor Instagram’dagi jonli efir muloqotida mamlakat Ichki ishlar xodimlarini ayovsiz tanqid qilib, haqoratlagan. 

Ma’lumki, Yulduz Usmonova o‘zining Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonida "Sardoba” suv ombori yorilishi natijasida jabrlangan sirdaryoliklarga ko‘ngillilarning xayriyalarini to‘playotgan edi. Albatta, norasmiy shakldagi ushbu xayriya shtabidan "O‘zbekkonsert” davlat muassasasi hamda Madaniyat vazirligi ham xabardor bo‘lgan.

Usmonova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali muxlislarini xayrli ishga bosh qo‘shishga taklif qilgan. U pul va mahsulotlar ko‘rinishidagi xayriyalarini uyiga olib kelib berishlarini so‘ragan. Kecha, 3 may kuni xayriyalarni to‘plash o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Manbalarga ko‘ra, Usmonovaning mahallasiga avtomobillarda kirish, harakatlanish qiyinlashdi. 

Yulduz Usmonova 2 may kuni Instagram’dagi jonli efir muloqotida Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlariga yuzlanib, xayriya maqsadida harakatlanayotgan avtomobillarni o‘tkazib yuborishlarini so‘ragan edi. 

Xonim Usmonova internetni portlatgan yangi videosida Ichki ishlar organlari xodimini nomardlikda ayblagan. U o‘zi bilan muloqotda bo‘lgan yo‘l patrul xizmati xodimi so‘zining ustidan chiqmagani aytadi. Usmonova Mirzo Ulug‘bek tumani YPX xodimlaridan biridan avtomobillarni boshqarish bo‘yicha yordam so‘ragan. Xodim va’da bergan. Ammo Usmonovaning mahallasiga YPX xodimi bormagan. 

Usmonova so‘zida davom etarkan, takror va takror la’nat aytadi va ayni vaqtda  xalq birlashgani, ammo YPX xodimlari xalqning yonida turmaganini aytadi. U turk lahchasida hayfsan ishorasini ishlatadi. Qolaversa, "Tfu GAIlarga” deydi. 

"Aslo rozi emasman. Xalq eshitsin. Yurt-olam eshitsin”, deydi Usmonova. San’atkor hissiyotga berilib, "militsiya absolyutno ne rabotayet” so‘zlarini qo‘llaydi. "Hozir Karimov davrida yashamayapsizlar klizma olgani, shunchalik ham klizmaga o‘rganib qolasizlarmi?”, deydi Usmonova. 

U so‘zida davom etarkan, qo‘l soatiga ishora qilib xodimlar uxlab yotganini aytadi. 

"Uyat bormi, vijdon bormi? Xalqni "nalog”idan oylik olyapsanlar, nima qilyapsanlar? Bittangni topib bo‘lmayapti, hammang uxlab yotibsan”, deydi Yulduz Usmonova. 

Video so‘ngida Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlari xalq mehrini mehnat bilan qozonishi kerakligini aytarkan, jurnalistlardan ushbu voqealarni nashrlarda e’lon qilishni so‘raydi. 

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bungacha bir necha bora aynan intervyular va suhbatlardagi gaplari ortidan "zapret”ga tushgan. Yaqindagina uning diniy masalalardagi chiqishlari juda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Usmonovaning so‘nggi "zapret”i ham aynan 

Islom Karimov rahbarligi davriga to‘g‘ri keladi. 2006 yildan boshlab Usmonovaning davlat tadbirlarida va davlat telekanallarda chiqishi taqiqlangan bo‘lsa, 2007 yilda "Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida oxirgi konsertini taqdim etgach, barcha radio va telekanallarda uning qo‘shiqlariga butkul taqiq o‘rnatildi. Shundan so‘ng u "Amerika ovozi” radiosiga intervyu berdi va mamlakatdagi siyosiy vaziyatni qoraladi. Bundan keyin Usmonova ijodini Turkiyada davom ettirdi. Oradan 11 yil o‘tib, O‘zbekistonda Yulduz Usmonova Farrux Zokirov, Sherali Jo‘rayev kabi xonandalarga qo‘yilgan taqiqlar olib tashlandi. 

Yulduz Usmonova navbatdagi chiqishi uchun taxminimizcha, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasiga ko‘ra javobgarlikka tortilishi mumkin. Holat yuzasidan "O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Madaniyat vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirgani yo‘q. 
Категория: Har-Hil | Просмотров:548 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь