• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 6 » Yong‘oq: kamqonlik, diabet va me'da yarasiga davo bo‘ladi!
19:12
Yong‘oq: kamqonlik, diabet va me'da yarasiga davo bo‘ladi!

Qadim zamonlardan yong‘oqni quvvat va hayot manbai sifatida bilishgan. Bir siqimgina yong‘oq mag‘zi tarkibida talay vitaminlar, foydali moddalar mavjud bo‘lib, ular ko‘plab kasalliklarning oldini oladi. Quyida ana shu koni foyda ne'matning shifobaxsh xususiyatlarini keltiramiz.

Yong‘oq metabolik sindrom, yurak-qon tomir kasalliklari va 2-tip diabetning oldini olish hamda davolashda benazir vositadir.
Tarkibidagi shamollashga qarshi moddalar suyaklar salomatligini saqlashda, ozishda va semirishning oldini olishda asqatadi.
Yong‘oq tarkibida o‘xshashi yo‘q antioksidantlar guruhi mavjudki, ular prostata bezi va ko‘krak saratonining oldini oladi.
Yong‘oq erkaklar potensiyasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Tarkibidagi L-arginin moddasi sharofati bilan yong‘oq qonda quyqalar va tomirlarda tiqinlar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Yong‘oq ulkan oqsil manbaidir. Shuning uchun u yoki bu sababga ko‘ra go‘sht iste'mol qilmaydiganlar organizmning oqsilga ehtiyojini bemalol yong‘oq vositasida qondirishlari mumkin.
Yong‘oqda ko‘p miqdorda kletchatka bor, u ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Qolaversa, yong‘oq yegan odam uzoq muddat to‘q yuradi, tabiiyki, kamroq yeydi. Shu ikki sababga ko‘ra, yong‘oq semirishning oldini oluvchi parhez yegulik hisoblanadi.
arkibida kaliy juda ko‘p. Bu modda asab tizimini himoyalaydi va terining hamma mushaklari uchun zarur hisoblanadi. Yurak ritmi hamda qon oqishini maromga soladi.
Bekorga yong‘oq mag‘zi miya shakliga o‘xshamaydi. Biofaol moddalar va latsetining ajoyib qorishmasi tufayli yong‘oq asabiylikni yo‘qotadi, xotirani mustahkamlaydi, miya faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, yong‘oq miyaning muddatdan oldin qarishiga to‘sqinlik qiladi.
Yong‘oq tarkibida yod bor, u qalqonsimon bez kasalliklarining oldini oladi. Yong‘oq ichidagi devorchalardan qaynatma tayyorlab ichilsa, bo‘qoqni davolaydi.
Shifo bo‘ladi!

Bir qoshiq asal bilan iste'mol qilingan 3-4 ta yong‘oq nafaqat qorinni to‘q tutadi, balki bosh og‘rig‘ini, uyqusizlikni va sklerozni yo‘qotadi.
YUqori qon bosimi va temir yetishmaydigan kamqonlikda kuniga 100 gramm yong‘oqni 60 gramm asal bilan 45 kun davomida iste'mol qilish kerak. Yong‘oq yurak ishemik kasalligida ham foydali.
Yurak faoliyatini maromga solish, shuningdek, butun tanaga quvvat berish uchun yong‘oq mag‘zi, mayiz, anjirqoqi va turshakdan teng miqdorda olib maydalab aralashtirib qo‘yish hamda kuniga 1 osh qoshiqdan iste'mol qilish tavsiya etiladi. Aralashmani muzlatkichda saqlash kerak.
1:5 nisbatda yong‘oq va grechka yormasini blenderda unga aylanguncha yanchib, hosil bo‘lgan aralashmadan bir yarim osh qoshig‘i ustiga 2 sm balandlikda qatiq quyiladi. Ertalab uni yeb, ketidan 1 ta qirg‘ichdan o‘tkazilgan olma ham iste'mol qilinadi. Kun davomida ovqatdan 30 daqiqa oldin grechka va yong‘oqli aralashmadan 1 osh qoshiqdan yeyish kerak. Bu 5 oy davomida qilib borilsa, qandli diabetni davolaydi.
20 gramm yong‘oq mag‘zini yanchib, ustiga 100 gramm pishirilgan iliq sut quyiladi, yaxshilab aralashtiriladi, filtrlanadi va 1-2 choy qoshiq asal qo‘shiladi. Desert qoshiqda kuniga 5-6 marta ovqatdan oldin qabul qilinadi. Bu oshqozon yarasini tuzatadi. Shuningdek, sutda qaynatilgan yong‘oq yangi tuqqan ayollarga sut kelishini ko‘paytirish, yo‘talni davolash kabi maqsadlarda foydalaniladi.
Qanday iste'mol qilish kerak?

Bir nimalar yegingiz kelib qolganda pechenye, shokolad yoki chips emas, yong‘oqqa qo‘l cho‘zing;
Yong‘oq salatlarda go‘sht o‘rnini bosadi, makaron bilan ham yaxshi ketadi;
Yong‘oqning nafis ta'mi olma, nok, lavlagi, sabzi, selderey, baqlajon, yumshoq qaymoqli pishloqlar bilan yaxshi chiqishadi;
Yong‘oqlarni turli pishiriqlarga, sous va pashtetlarga qo‘shib ajoyib ta'mga erishish mumkin;
Yong‘oqni asal, tovuq go‘shti, kinza va petrushka, sarimsoq piyoz bilan yesangiz juda xushxo‘r bo‘ladi.
Yaxshi yetilmagan yong‘oq mevalaridan ajoyib murabbo pishirish mumkin;
Yong‘oq moyi – juda lazzatli va xushbo‘ydir, uni salatlar va sovuq gazaklarga qo‘shsangiz, ajoyib ta'm beradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:2641 | Добавил: Admin | Теги: diabet va me'da yarasiga davo bo‘la, Yong‘oq: kamqonlik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031