• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 27 » Yevropaning qator mamlakatlarida cheklovlarni olib tashlash boshlandi
11:55
Yevropaning qator mamlakatlarida cheklovlarni olib tashlash boshlandi

Bugun, 27 apreldan boshlab Yevropaning bir qator davlatlarida koronavirusning tarqalishi munosabati bilan kiritilgan cheklov choralari yumshatildi. Hozirda quyidagi davlatlarda bosqichma-bosqich karantinni bekor qilish dasturlari amalga oshirilmoqda.

Dastlab Chexiyada eng muhim cheklovlar olib tashlandi. 24 apreldan boshlab hukumat fuqarolarga chet elga chiqishga, uy tashqarisida erkin yurishiga ruxsat berdi. Karantinni yumshatish rejasiga muvofiq, 27 aprel kuni savdo maydoni 2,5 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan do‘konlar, xizmat ko‘rsatish korxonalari, fitnes markazlari, kutubxonalar va hayvonot bog‘lari ochilishiga ruxsat berildi.

Xorvatiyada 27 apreldan boshlab mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini bosqichma-bosqich tiklash rejasi amalda qo‘llanila boshlandi. Vazirlar Mahkamasining uch bosqichli rejasiga ko‘ra, birinchi bo‘lib do‘konlar ochilishi kerak. Undan keyin may-iyun oylarida shaharlararo va xalqaro 
transportlar asta-sekin ishga tushirilib, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, sport va madaniy markazlar ish boshlaydi.

Shveysariyada koronavirus bilan bog‘liq taqiqlarni olib tashlash uch bosqichda amalga oshiriladi. Ulardan birinchisi, 27 apreldan boshlab umumiy tibbiyot muassasalar, stomatologiya, go‘zallik salonlari, massaj salonlari, avtoulov yuvish va maishiy buyumlar do‘konlari ochiladi.

Gretsiyada koronavirus tufayli cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash 63 kunni tashkil etadi va pandemiyaning rivojlanishiga qarab reja qayta ko‘rib chiqiladi. Bosh vazir Kriakos Mitsotakis tafsilotlarni hafta boshida televizion murojaatida e’lon qilishi kutilmoqda. 27 apreldan boshlab ba’zi davlat xizmatlari ishlay boshlaydi. Ipoteka kassalari va sudlar to‘liq ish faoliyatini tiklaydi.

Gruziya hukumati ham 27 apreldan boshlab cheklovlarni olib tashlashni rejalashtirmoqda. Xususan, avtoulovlar va taksilarning harakatiga cheklovlar olib tashlandi. Onlayn savdo, har qanday mahsulotni yetkazib berish xizmatlari va ochiq qishloq xo‘jaligi bozorlari ochilishiga ruxsat berildi.

Ispaniyadagi cheklov choralari Yevropadagi eng qattiq choralardan biridir. Aholi faqat alohida holatlarda, ya’ni oziq-ovqat, dori-darmon sotib olish, tibbiy ehtiyoj uchun ko‘chaga chiqishi mumkin. Endilikda mamlakat aholisi yolg‘iz o‘zi ishlay olmaydigan odamlarga yordam berish, ishga borish, uyning yaqinida it bilan sayr qilish huquqiga ega bo‘ldi. Bosh vazir Pedro Sanches Parlamentdan karantinni 9 mayga qadar uzaytirishni so‘rash niyati borligini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 995 636 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 881 561 nafari sog‘aygan, 207 020 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 907 055 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:597 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь