• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1363
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 2
Гостей: 2
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 6 » Yevropada vodorodli avtomobillar ommalashmoqda. Ekologik toza yoqilg‘i haqida nimalarni bilamiz?
14:02
Yevropada vodorodli avtomobillar ommalashmoqda. Ekologik toza yoqilg‘i haqida nimalarni bilamiz?

Bugungi kunda Yevropa mamlakatlari ko‘chalarida 14 mingdan ortiq vodorodli transportlar harakatlanmoqda. Mercedes-Benz, Toyota va Hyundai kabi dunyoning yirik avtokonsernlari vodorod texnologiyalarini ishlab chiqarish uchun katta mablag‘ sarflamoqda. Xo‘sh, vodorodning boshqa an’anaviy yoqilg‘ilardan afzalligi nimada? Vodorodli transportning istiqbollari qanday?

Suv xo‘jaligi vazirligi milliy hamkor hisoblangan, Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan "O‘zbekistonda barqaror suv va ekologik rivojlanish uchun hamkorlik va xabardorlikni oshirish” (UzWaterAware) loyihasi doirasida Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan Ispaniyaga uyushturilgan stadi-tur doirasida mamlakatdagi milliy vodorod markaziga tashrif buyurdik hamda yuqoridagi savollarga javob olishga harakat qildik.

O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan ushbu o‘quv safarida qishloq va suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari hamda O‘zbekistondagi yetakchi OAV xodimlari ishtirok etdi.

Vodorodli avtomobillar tarixi

Vodorodda ishlaydigan dvigatelni 1806-yilda Fransua Isaak de Rivas ixtiro qilgan. Olim vodorodni suv elektrolizi yordamida olgan. Ixtirochi yaratgan porshnli dvigatel de Rivas mashinasi (De Rivaz engine) deb ataladi.


1980-yildan bir vaqtning o‘zida bir necha mamlakatlarda, xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya va Kanadada vodorodda, vodorod-benzin, vodorod-tabiiy gaz aralashmasida yuradigan avtomobillarni tajriba tariqasida ishlab chiqarish boshlangan.

"Yashil” avtomobil konsepsiyasi ommalashgandan so‘ng vodorodli avtomobillarga yirik korporatsiyalar, xususan, Toyota qiziqish bildirdi.

2000-yillardan boshlab avtokonsernlar vodorodli avtomobillar ishlab chiqarish va sotishga jiddiy kirishdi.
Ispaniya milliy vodorod markazi nodavlat tashkilot bo‘lib, u vodorodni qo‘llash mumkin bo‘lgan barcha imkoniyatlarni tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Markazda laboratoriya, tadqiqot markazi hamda faoliyatning boshqa turlari amalga oshiriladigan bo‘linmalar mavjud.

"Bizning asosiy vazifamiz vodorodni milliy darjada iste’molga tatbiq etish hisoblanadi, chunki bu jarayonning afzalliklari talaygina. Biz bu yerda turli tadqiqotlardan tashqari yana asbob-uskunalar prototiplarini ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullanamiz. Tabiiyki, biz bularning hammasini tekshiramiz, litsenziya olamiz. Bizning har bir ixtiromiz keyinchalik amaliyotda qo‘llanishi uchun zarur bo‘lgan sertifikatlash jarayonidan o‘tkaziladi.
Tadqiqotlardan tashqari yana bir muhim vazifamiz bizning mahsulotimizga qiziqish bildiruvchi va keyinchalik uni amaliyotga tatbiq etuvchi korxonalar bilan bevosita aloqa o‘rnatish hisoblanadi”, — deydi Hidrogeno Ispaniya milliy vodorod markazi xodimi Vanessa.

Vodorod nima?

Hammamiz yaxshi bilamiz, vodorod bu — gaz. Vodorod yonuvchan gaz bo‘lib, undan elektr energiyasi ishlab chiqarishda ham qo‘llaniladi. U tabiatda erkin va boshqa gazlar tarkibida ham bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, vodorod yoqilg‘i o‘rnida, xususan, isitish tizimida ishlatilishi mumkin. Vodorod hidsiz va ta’msiz bo‘lgani uchun ekologiyaga zarar yetkazmaydi.

Hidrogeno Ispaniya milliy vodorod markazi qanday ishlaydi?

Markaz vodorodni saqlash, tashish va bevosita uni qo‘llash tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Birinchi bosqichda vodorod ishlab chiqariladi yoki qayta ishlanadi, ikkinchi bosqich uni saqlash masalasini o‘z ichiga oladi. Ya’ni qayta ishlangan, tozalangan vodorod keyingi qo‘llanishga qadar saqlanadi.

Uchinchi bosqich esa vodorodni tashish, ya’ni uning qo‘llanilishi. Vodorod elektroenergiya hamda issiqlik ishlab chiqarish uchun qo‘llaniladi.

Vodorod qanday olinadi?

Vodorod bir necha usulda olinadi. Elektroliz usuli eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Bunda suv va elektr toki reaksiyasidan kislorod va vodorod olinadi. Hosil bo‘lgan vodorod yana qayta ishlanadi.

Aniqroq qilib aytganda 10 kilogramm suv va 50 kilovatt elektr energiyasidan bir kilogram vodorod olinadi. Hosil qilingan bir kilogramm vodoroddan elektr energiyasi olmoqchi bo‘lsak, u 33,3 kilovatt elektr energiyasini beradi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nima uchun biz 33,3 kilovatt elektr ishlab chiqarish uchun 50 kilovatt elektr sarflab, 1 kilogramm vodorod olishimiz kerak? Gap shundaki, vodorod qayta tiklanuvchi energiya manbai hisoblanadi, buning ustiga uni saqlash va boshqa maqsadlarda ham ishlatish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotishlar bo‘lishi esa tabiiy.

1 kilogramm vodorod bizni 24 kun elektr bilan ta’minlaydi. Shuncha miqdordagi vodorodni mashinaga quysak, 100 kilometr masofani bosib o‘tishimiz mumkin.

Shu tarzda keyingi bosqichda hosil qilingan vodorodni saqlash masalasi keladi. Bu bosqichda ayrim jiddiy muammolar mavjud. Bu muammolar vodorodning juda yengil hamda o‘ta uchuvchan ekanligida. Shuning uchun vodorodni siqib, suyultirib, ballonlarga joylash talab etiladi. Vodorodni metall ballonlarda saqlash ancha samarali usul hisoblanadi.

Vodorod o‘ta ekologik yoqilg‘i hisoblanadi. Undan istalgan turdagi transport vositalarida foydalanish mumkin. Ular vodorod batareyasi o‘rnatilgan elektromobillar deb ham ataladi. Bunday avtomobillarda siqilgan vodorod uchun bak bo‘ladi. Vodorod baki batareyaga ulanadi, vodorod batareyani to‘ldiradi, elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda motor ishlay boshlaydi. Bunday avtomobillar bir soatda 178 kilometr masofani bosib o‘ta oladi. Vodorodning narxi esa bir litr uchun 3 yevrodan 7 yevrogacha. Hidrogeno milliy vodorod markazi tomonidan vodorod yoqilg‘isiga moslashtirilgan Hyundai avtomobilining narxi esa 79 ming yevro.

Ispaniyada vodorodli avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi uchta markaz mavjud. Yevropada hozirgi kunda 14 mingta mashina vodorodda harakatlanadi.

Mercedes kelgusi besh yil ichida vodorod texnologiyalarini ishlab chiqish uchun 20 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratgan. Bundan tashqari, Hyundai va Toyota kabi yirik avtokonsernlar ham vodorod texnologiyasiga qiziqish bildirgan.

"Bundan 25 yil avval ilk marta mobil telefon sotib olganimda uning og‘irligi besh kilogram, narxi esa 7 ming yevro edi. Hozir esa qo‘limdagi telefonim 400 yevro turadi, og‘irligi 200 gramm. Bu gapim bilan nima demoqchiman. To‘g‘ri, hozir vodorod texnologiyasi kam ishlab chiqarilayotgani uchun qimmat va ko‘pchilikka og‘irlik qiladi. Shuning uchun ham bu investitsiya kiritilishi lozim bo‘lgan soha. Vodorod ishlab chiqarilishi ko‘paytirilsa, u ancha hamyonbop bo‘lib qoladi”, — deydi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgan vodorod milliy markazi xodimlaridan biri.
Vodorodli avtomobillarning odatiy yoqilg‘ida yuradigan mashinalardan nima afzalligi bor? 

Birinchi navbatda, benzinda yuradigan mashinalar atmosferaga zararli moddalar chiqaradi. Vodorodli avtomobillarda atmosferaga suv bug‘i chiqadi. Ularning aksariyatida tutun chiqarish tizimi hatto yo‘q.

Elektromobillarda esa quvvat olish vaqti juda uzoq. Vodorodli avtomobillarni quvvatlantirish uchun 3-5 daqiqa vaqt ketadi.

Vodorodli mashina uzoq yo‘lda yurganida u ko‘p vodorod sarflamaydi. Bu paytda vodorodning bir qismi motorga boradi, bir qismi esa bakka qaytib, saqlanadi.

Vodorodli batareya o‘rnatilgan mashina turli xil test-drayvlardan o‘tkazilgan. Xususan, unga quroldan o‘q uzib ko‘rilgan, bosim o‘tkazilgan,  biroq vodorod baki portlamagan. Demak, bundan vodorodli avtomobillar xavfsiz degan xulosaga kelish mumkin. Eng muhimi esa vodorod ekologiyaga zarar keltirmaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:472 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:24
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031