• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » Yevropada koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish boshlandi
12:05
Yevropada koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish boshlandi

Yevropadagi birinchi koronavirus vaksinasini odamlarda sinab ko‘rish Buyuk Britaniyada boshlandi, deb xabar bermoqda BBC News.

Tadqiqotda 800 dan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etadi, ayni paytda ularning faqat ikki nafari emlangan. Tajribada ishtirok etayotganlarning yarmi koronavirusga qarshi, qolgan yarmi esa meningitga qarshi vaksina oladi. Bunda ularning hech biri qaysi vaksinani olganini bilmaydi. Bu imkon qadar ishonchli natijalarga erishish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, ushbu vositani Oksford universiteti olimlari atigi 3 oy avval ishlab chiqqan. Vaksinologiya professori Sara Gilbert undan juda katta natijalarni umid qilayotganini bildirgan. "Albatta, hali uni odamlarda sinab ko‘rib ma’lumot to‘plashimiz kerak. Biz, u haqiqatan ham foyda berayotganini va koronavirus kasalligining oldini olishini namoyish etishimiz kerak va shundan keyingina biz uni ommaviy ravishda foydalanishimiz mumkin”, — degan u.

Eslatib o‘tamiz, Britaniyadagi hVIVO tadqiqot guruhining koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqish va shunga o‘xshash virusni yuqtirish dasturida ishtirok etishga 20 mingdan ortiq odam rozi bo‘lgandi. Vaksinasi tajribasida qatnashadiganlarga katta pul va’da qilingan.

Oksford universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan ushbu vaksina hali klinik sinovlardan o‘tkazilmasdan turib ommaviy ishlab chiqarish boshlangandi. Reuters’da agar sinov vaksinaning muvaffaqiyatli ekanligini ko‘rsatsa, undan shu zahotiyot ommaviy foydalanish mumkinligi, aks holda keraksiz vaksina ishlab chiqarishdan keladigan zarar miqdori bir necha 10 million funt sterlingga teng bo‘lishi aytilgandi.

Dunyoda birinchi bo‘lib COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksina sinovdan o‘tkazilgan odam amerikalik Jennifer Xaller bo‘ldi. Vaksina mRNA-1273 deb nomlanib, u Sietldagi Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy institutida yaratilgan. Sinov uchun 45 nafar ko‘ngilli tanlab olingan. Ularning har biriga 28 kun davomida bir xil dozada 2 tadan inyeksiya qilinadi va ular 2021-yilning bahoriga qadar kuzatuvda bo‘ladi.

Ayni paytda vaksina bir qator davlatlar, jumladan, AQSh, Fransiya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy va Rossiyada ishlab chiqarilmoqda. Putin koronavirusga qarshi vaksinaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tezlashtirishni buyurgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:567 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь