• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 16 » “Yelkamizda keyingi avlod qizlari uchun stereotiplarni yengib o‘tish mas’uliyati turibdi”. Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida nut
19:29
“Yelkamizda keyingi avlod qizlari uchun stereotiplarni yengib o‘tish mas’uliyati turibdi”. Saida Mirziyoyeva Butunjahon ayollar forumida nut

BAAning Dubay shahri 16—17-fevral kunlari Butunjahon ayollar forumiga mezbonlik qiladi. Forumning dastlabki kunida O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlash komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi, deya xabar bermoqda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi.

Mirziyoyeva xonim o‘z nutqi avvalida "kelajak haqida fikr yurituvchilar va innovatorlarga ayollar, yosh avlodning kelajagi, zamonaviy dunyoda ular duch kelayotgan qiyinchiliklarni muhokama qilish hamda kelajakni loyihalash uchun BAAdan yaxshiroq joy yo‘q”ligini ta’kidlagan. U BAAning "taraqqiyotga qanchalik tez erishish mumkinligini ko‘rsatuvchi namuna” ekanini ta’kidlab, mamlakatning istisnolarsiz butun jamiyat uchun xavfsiz hududga aylana olganini e’tirof etgan.

"Biz bugun bu yerda ekanimizning boisi — tajriba almashish, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va ruhlantirish, qolaversa jamiyatlarimizdagi ayollarning rolini oshirib, ularga insoniyat sivilizatsiyasiga o‘z hissalarini qo‘shish imkonini yaratib berishdir. Aminmanki, o‘zbek ayollarining ham dunyoga aytar so‘zi bor — ular insoniyatning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘sha olishadi”, — deb aytgan Saida Mirziyoyeva.

U O‘zbekiston tarixining og‘ir sinovli yillarini yodga olib, ayollar o‘shanda ham jamiyat hayotida kechgan voqeliklarning ajralmas qismi bo‘lganini ta’kidlagan. "O‘zbekistonning uzoq tarixi — ayollarimizning ham o‘tmishidir. Shoirlar, davlat rasmiylari, diplomatlar, muhandislar, hamshiralar, rafiqa va onalar. Bu nozik sharqona san’at bo‘ladimi, yoki qat’iy va aniq fanlarmi — o‘zbek ayollari barcha sohalarda a’lo darajada ilgarilab borishdi, ammo soyada qolib kelishdi. Ularga boshlarini baland ko‘tarib, o‘z qobiliyatlari va mahoratlarini qo‘rqmay, cheklovlarsiz ko‘rsata olish imkonini beradigan vaqt keldi”, — dedi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston ayollar va imkoniyati cheklangan shaxslarning huquqlari yuzasidan BMT, YeXHT, Jahon Banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlikda ish olib borayotgani, mamlakatda gender tengligiga katta e’tibor qaratilayotgani haqida ham gapirgan.

"Buvim Ikkinchi jahon urushi yillarida turmush o‘rtog‘ini ham ruhan, ham moliyaviy jihatdan qanday qo‘llab-quvvatlaganliklari haqidagi xotiralarini yaxshi eslayman. Onamning otam va biz farzandlariga cheksiz madad va mehr-muhabbatini ayamagani ham doim yodimda turadi”, — deb aytgan Saida Mirziyoyeva.

Ayni vaqtda, u O‘zbekiston taraqqiyotida katta yutuqlar qo‘lga kiritilayotgani, shu bilan birga jamiyat yangi tahdidlar bilan to‘qnash kelayotganiga ham e’tibor qaratgan.

"Bu jarayonlarning barchasida ayollar eng oldingi qatorlarda turibdi — qishloq joylarda resurslar yetishmovchiligidan aziyat chekyapti. Shaharlarda esa oiladagi ayollik majburiyatlarini kasbi bilan birga bajarishda qiyinchilikka uchrayapti. Davr taqozosi bilan biz ham yaxshi ona, ham yaxshi mutaxassis bo‘lishimiz, jamiyatimning old qatorlarida yurish bilan birga oiladagi moliyaviy barqarorlik haqida qayg‘urishimiz lozim”, — dedi u.

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shgan eski avlod vakillari bo‘lmish ayollar mamlakatdagi hozirgidek gender tengligini tasavvur ham qilishmaganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. "Bugungidek imkoniyatlarga egaligimiz uchun onalarimiz va buvilarimiz oldida qarzdormiz. Ular erishgan natijalarni saqlab qolish barobarida keyingi avlod qizlari uchun yangi marralarga yetishimiz, stereotiplarni yengib o‘tib, bu o‘zgarishlarni kundalik hayotning bir qismiga aylantirish mas’uliyati yelkamizda turibdi”, — deya qayd etgan Mirziyoyeva.

Uning fikricha, bu yo‘ldagi eng qiyin masala — ayollarning o‘zlarini ular eng yaxshisiga munosib ekanini ishontira olishdir. "Ayollarimiz jahon taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladi. Vazifamiz — shunga zamin yaratib berish. Eng mushkul vazifa — ayollarimizning o‘zlarini ular eng yaxshisiga munosib ekanliklariga ishontirishdir. Oldimizda qiyin yo‘l turibdi, ammo bu shunga arziydi. Ayollarimizga kuch bag‘ishlash orqali biz millatimizga kuch beramiz, insoniyatni mustahkamlaymiz!” — deya o‘z nutqini yakunlagan Mirziyoyeva xonim.

Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Dubay amirligi shayxi Manal bint Muhammad bin Rashid Al Maktum zoti oliyalari taklifiga binoan Dubayda bo‘lib turibdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:512 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:30
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829