• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 21 » “Yaratganning o‘zi hammamizni panohida asrasin!”. Prezident Mirziyoyevning Navro‘z tabriknomasi
09:48
“Yaratganning o‘zi hammamizni panohida asrasin!”. Prezident Mirziyoyevning Navro‘z tabriknomasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Aziz vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis opa-singillar, qadrli aka-ukalar! Xalqimizning kelajagi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan navqiron yoshlar!

Avvalambor, barchangizni, ko‘p millatli butun xalqimizni jonajon O‘zbekistonimizga kirib kelgan Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, yuksak hurmat va ehtiromimni, eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Hurmatli do‘stlar! Hammamiz yaxshi bilamiz, Navro‘z tinchlikni, sihat-salomatlikni qadrlab, asrab-avaylab yashashga da’vat etadi.

Tinchlik va sog‘liqni asrasak, qolgan narsalarga albatta erishamiz. Lekin hozirgi global dunyoda bu juda murakkab vazifa bo‘lib qolayotganini barchamiz ko‘rib-bilib turibmiz.

"Yil yilga o‘xshamaydi”, degan gap bejiz aytilmagan. Hayot hech qachon bir tekis kechmaydi. Hayot bor ekan, sinov bor, qiyinchilik bor.

Bu haqiqatni shu kunlarda yana-da chuqur his etmoqdamiz. Bugun koronavirus infeksiyasi degan jiddiy bir xavfga duch keldik. Davlatimiz, hukumatimiz bu xatarni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Go‘zal diyorimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, barcha yurtdoshlarimiz yana-da jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, mo‘tabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o‘tamiz, deb ishonaman.

Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi Navro‘z bayramida ommaviy tadbirlar o‘tkazishni to‘xtatdik.

Fursatdan foydalanib, vaziyatni to‘g‘ri tushunib, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun xalqimizga yana bir bor rahmat aytaman.

Nasib etsa, tez orada bu tashvishli kunlar ortda qoladi. Bunday sayil-tomoshalarni, to‘yu tantanalarni el-yurtimiz bilan birgalikda hali ko‘p-ko‘p o‘tkazamiz.

Aziz va qadrli vatandoshlarim! Mavjud qiyinchilik va sinovlarga qaramasdan, hayot davom etadi. Bu yil Navro‘z ayyomi xonadonlarda, oilaviy davralarda keng nishonlanmoqda.

Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta umid bilan yerga urug‘ qadamoqda. Hudud va mintaqalarimizda "Daraxt ekib, bog‘ yaratamiz, yurtimizni yana-da obod qilamiz”, degan ezgu maqsadda millionlab ko‘chatlar ekilmoqda.

Mana shu xosiyatli kunda barchamiz yilimiz qutlug‘ kelsin, dehqonlarimizning baxtini, omadini bersin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin, deb niyat qilamiz.

Uzoq-yaqindagi mamlakatlar xalqlarini, O‘zbekistonning barcha xorijiy do‘st va hamkorlarini sharqona yangi yil – Navro‘z ayyomi bilan qutlab, ularga samimiy istaklarimizni izhor etamiz.

Aziz va qadrli vatandoshlarim! Ilohim, dilimizdagi barcha olijanob orzu-intilishlarimiz ro‘yobga chiqsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yaratganning o‘zi hammamizni panohida asrasin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Категория: Har-Hil | Просмотров:581 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031