• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Aprel » 12 » Yaponiyada “Fukusima-1” AESdagi tarkibida radioaktiv moddalar bor suvni okeanga to‘kishga ruxsat berildi. Xitoy bunga qarshi, AQSh esa qaror
16:26
Yaponiyada “Fukusima-1” AESdagi tarkibida radioaktiv moddalar bor suvni okeanga to‘kishga ruxsat berildi. Xitoy bunga qarshi, AQSh esa qaror

Yaponiyadagi "Fukusima-1” atom elektr stansiyasi (AES)dagi radioaktiv moddalardan tozalangan suv ikki yildan so‘ng Tinch okeaniga quyilishni boshlaydi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, "RBK” xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ushbu qaror Yaponiya departamentlari rahbarlarining mamlakat bosh vaziri Yosixide Suga bilan o‘tkazgan uchrashuvida qabul qilindi. "Suvni chiqarib tashlamaslik atom elektr stansiyasini ishdan chiqarishga olib keladigan muqarrar muammo hisoblanadi”, — dedi Suga. Agentlikning ta’kidlashicha, "Fukusima-1”da tozalangan suv miqdori doimiy ravishda ortib bormoqda. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda uning hajmi 1,25 million tonnani tashkil etadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, mahalliy baliqchilar stansiyadagi suvning okeanga tashlanishiga qarshi. Bosh vazirning ta’kidlashicha, hukumat jarayonning xavfsizligini nazorat qiladi. "Hukumat xavfsizlikni ta’minlashda yetakchilik qiladi va mish-mishlarni bartaraf etish uchun barcha choralarni ko‘radi”, — dedi Suga. Shuningdek, dengiz mahsulotlarida radioaktiv moddalar bor-yo‘qligi nazorat qilinadi.

Reuters xabariga ko‘ra, AESga egalik qiluvchi Tokio Electric Power Company Holdings Inc. (TEPCO) energetika kompaniyasiga suvni utilizatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ikki yil muhlat berilgan.

AESda suv yadro reaktorlarini sovitish uchun ishlatiladi. Uni radioaktiv elementlardan butunlay tozalab bo‘lmaydi. Shuning uchun, suv qo‘shimcha ravishda toza suyuqlik bilan aralashtiriladi va shundan keyingina okeanga tashlanadi.

Hozirda tozalangan suv "Fukusima-1” hududidagi suv omborlarida saqlanmoqda. TEPCO’ning taxminlariga ko‘ra, 2022-yilning yoziga qadar omborlar suvga liq to‘ladi.

Yaponiya rasmiylarining qarori bir qator davlatlarning salbiy reaksiyasiga sabab bo‘ldi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyaning suvni Tinch okeaniga to‘kish to‘g‘risidagi qarorini mas’uliyatsizlarcha o‘ylangan va qo‘shni mamlakatlarga zarar yetkazishi mumkin, deya tanqid qildi.

"Yaponiyaning yaqin qo‘shnisi va manfaatdor tomon sifatida Xitoy bu borada jiddiy tashvish bildirmoqda”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Xitoyning fikriga ko‘ra, AESdan chiqqan suv dengiz muhiti va qo‘shni mamlakatlar aholisining sog‘lig‘iga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki uning tarkibida hanuzgacha radioaktiv elementlar mavjud.

"Yaponiya suvdan xavfsiz foydalanish usullarini qo‘llamagan shuningdek, qo‘shni mamlakatlar va xalqaro hamjamiyat bilan kengashmasdan, suvni drenaj orqali chiqarib tashlash haqida bir tomonlama qaror qilgan”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Xitoy Yaponiyani o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Janubiy Koreyaning davlat siyosatini muvofiqlashtirish idorasi rahbari Ku Yun Chxolning ta’kidlashicha, Seul Yaponiya hukumatining Fukusima AESdagi ifloslangan suvni okeanga to‘kish to‘g‘risidagi qaroridan chuqur afsusda. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat Janubiy Koreya xalqining AESdan to‘kilgan suvdan himoya xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

AQSh esa Yaponiyaning AESdagi suvni yo‘q qilish masalasiga mas’uliyat bilan yondashganiga va Tokio hukumatining mazkur masalada kelgusi harakatlarini ham muvofiqlashtirishiga umid qilmoqda.

"Yaponiya hukumati hozirda "Fukusima-1” inshootida saqlanadigan tozalangan suvni yo‘q qilish bilan bog‘liq bir necha variantlarni o‘rganib chiqqanidan AQShning xabari bor. Ushbu kamdan-kam uchraydigan va qiyin vaziyatda Yaponiya variantlar va natijalarni taroziga tortib ko‘rdi, qarorda shaffoflik ko‘rsatdi va yakunida dunyoda tan olingan yadro xavfsizligi standartlariga mos keladigan choralarni tanlagan ko‘rinadi”, — dedi AQSh Davlat departamenti vakili Ned Prays.

U Tokio o‘z harakatlarini Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi bilan muvofiqlashtirayotganini ta’kidladi va AQSh "ushbu chora-tadbirlarning samaradorligini kuzatib borar ekan, Yaponiya hukumati bilan hamkorlik va muloqotni davom ettirishni”ga umid qilayotganini qo‘shimcha qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:471 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Aprel 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930