• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 11 » Yaponiya o‘zida mavjud antivirus preparatini 20 ta davlatga yetkazib beradi
11:46
Yaponiya o‘zida mavjud antivirus preparatini 20 ta davlatga yetkazib beradi

Yaponiya hukumati BMT vositachiligida grippga qarshi "Favipiravir” ("Avigan” nomi bilan ham tanilgan) priparati partiyasini 20 ta davlatga yuboradi. Bu preparatdan koronavirusga chalingan bemorlarni davolashda foydalanish mumkin, deya ma’lum qildi Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi.

"Biz ushbu dori samaradorligini bilish uchun xalqaro hamkorlikni kuchaytirmoqchimiz”, dedi tashqi ishlar vaziri. Ta’kidlanishicha, ushbu preparatni qabul qiluvchi davlatlar orasida Indoneziya, Eron, Myanma va Chexiya qayd etilgan.

"Favipiravir” Yaponiyaning Fujifilm Holdings korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning nojo‘ya ta’sirlari tufayli preparat hech qachon bozorda ochiq sotilmagan. Ammo Yaponiya hukumati gripp epidemiyasi holatida har ehtimolga qarshi uni zaxirada saqlab turadi. Bundan tashqari, "Favipiravir” Ebola bilan kurashishda samarali qo‘llanilgan. Yaponiya hukumati uni joriy yilning yoziga qadar koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun dori vositasi sifatida tasdiqlanishini istamoqda. Ayni damda "Favipiravir”ning zaxirasi grippga chalingan 2 million yoki koronavirusga chalingan 700 ming bemorni davolashga yetadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusga 6 005 nafar odam chalindi. 685 bemor shifo topgan bo‘lsa, 99 kishi vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь