• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 17 » Yaponiya hukumati fuqarolariga koronavirus sabab salkam 1000 dollardan tarqatishga qaror qildi
13:41
Yaponiya hukumati fuqarolariga koronavirus sabab salkam 1000 dollardan tarqatishga qaror qildi

Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz holatida aholini qo‘llab-quvvatlash uchun mamlakatning barcha fuqarosiga 100 ming iyendan (926 dollar) tarqatadi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, dastlab yapon hukumati koronavirus sabab daromadi keskin kamayganini isbotlab bergan xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash niyatida bo‘lgan. Biroq hukumatning ma’lum qilishicha, bu kabi moddiy yordam tizimi uzoq vaqt oladi. Bundan tashqari, hujjatlarni yig‘ish va topshirish koronavirus tarqalishiga sharoit yaratib berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe favqulodda holat rejimi mamlakatning butun hududida joriy qilinishini ma’lum qildi. Avvalroq Yaponiyada favqulodda holat rejimi 7-aprelda mamlakatning 47 ta prefekturasidan 7 tasida, shu jumladan, Tokioda e’lon qilingan.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasi sabab uyda o‘tirgan kam ta’minlangan oilalar, norasmiy ishlovchi fuqarolar, aholining yordamga muhtoj qatlamiga 42 500 tenge (958 ming so‘m) miqdoridagi ijtimoiy yordam ko‘rsatilishi ma’lum qilingandi.

O‘zbekistonda esa Prezident Shavkat Mirziyoyev aprel oyining boshida koronavirus pandemiyasi sharoitida aholi, iqtisodiyot va tadbirkor subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha farmonni imzoladi. Farmonga ko‘ra, aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash, shuningdek, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qator yengilliklar berildi.

15-aprel kuni "Xavfsiz yordam” loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj ming nafar ayolga 1 million so‘mdan o‘tkazib berilishi ma’lum qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:544 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь