Har-Hil [3532] |
Turfa olam [15] |
Odnoklassniki Sirlari [39] |
Dunyo Habarlari [26] |
Telefon Kodlari [18] |
Telefonlar Haqida [8] |
Sherlar [107] |
Futbol Yangiliklari [30] |
Maslahatlar [35] |
Latifalar [81] |
Yangi Yil Tabriklari [2] |
Senga Oshiqman [3] |
Bilimlar [6] |
Tush Ta'birlari [61] |
Yulduzlar Biografiyasi | Юлдузлар Хаёти [29] |
Muchal va Burjlar [8] |
09:38 Yangi Zelandiya timsoli xavf ostida | |
![]() Yangi Zelandiya hukumati mamlakatda kemiruvchilarga qarshi qirg‘inbarotni rejalashtirmoqda. Sababi orol davlat timsoliga aylangan kivi qushlarining nasli xavf ostida. Yuz yillar avval Yangi Zelandiyaga kelgan sayyohlar o‘zlari bilan birga kemalarida kemiruvchilar – sichqon, kalamushlarni ham olib kelgandi. Shu kemiruvchilar kun sayin ko‘payib, mahalliy hayvonot olamiga o‘zini salbiy ta'sirini o‘tkazdi. Natijada bir qancha jonivorlar soni ancha qisqardi. Jumladan, kivi qushlarining soni 68 mingtaga tushib ketdi. Bundan 50 yil avval ularning sanog‘iga mahalliy hukumat ham, zoologlar ham yetisholmagandi. Agarda kemiruvchilar shu alpozda kivilarga qiron keltirishda davom etaversa, ushbu turdagi qushlar yana 50 yildan keyin butunlay yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. O‘z-o‘zidan tabiiy savol tug‘iladi? Qushlarning yerda yuruvchiga chap beruvchi qanotlari bo‘lsa, ularni kemiruvchilar qanday qilib tutib yemoqda? Bu savolning javobi oddiy. Kivi qushlari evolyutsiya natijasida xuddi bizning tovuqlarga o‘xshab uzoqqa ucholmaydigan darajaga kelib qolishgan. Shu bois ular osongina ovchilarning qurboniga aylanishmoqda. Yangi Zelandiya hukumati kemiruvchilarni 2050 yilgacha bosqichma-bosqich qisqartirib bormoqchi. Shunda tabiat muvozanatiga hech qanday ta'siri bo‘lmaydi, deb hisoblamoqda Yangi zelandiyalik olimlar. | |
|
Всего комментариев: 0 | |