• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 23 » Yakkasaroyda noqonuniy daraxt kesganlardan salkam 2 mlrd so‘m moddiy zarar undirildi. Ikki nafar ayblanuvchilarga nisbatan garov ehtiyot cho
14:49
Yakkasaroyda noqonuniy daraxt kesganlardan salkam 2 mlrd so‘m moddiy zarar undirildi. Ikki nafar ayblanuvchilarga nisbatan garov ehtiyot cho

"Yunus Rajabiy” mahallasida joylashgan uylar orasidagi maydonda mavjud ko‘p yillik 81 ta daraxtning qonunga xilof ravishda kesilganligi holati bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganib chiqildi, deb xabar bermoqda prokuratura matbuot xizmati. Yozishicha, noqonuniy kesilgan daraxtlar masalasi jiddiy tus olib, mamlakat rahbariyati tomonidan qonunbuzarlarga nisbatan ayovsiz chora ko‘rish topshirilgan.

Toshkent shahar prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent shahar hokimining 2018-yil 18-apreldagi 608-sonli qaroriga asosan, "Building And Suppliyes” MChJga "Yunus Rajabiy” mahallasi 72, 66/1, 66/2 va 66/4-uylar oralig‘ida 0,5 gektar yer maydoni ko‘p qavatli turar joy binolarini qurish uchun doimiy foydalanishga ajratib berilgan.

Qaror shaharsozlik qoidalariga zid bo‘lgani uchun shahar prokurori tomonidan 2018-yil 4-iyulda protest keltirilgan. Shahar hokimining 2018-yil 17-iyuldagi 1053-sonli qaroriga ko‘ra, protest qanoatlantirilgan va 608-sonli qaror bekor qilingan.

Bu holatdan norozi bo‘lgan "Building And Suppliyes” MChJ hududiy ma’muriy sudga ariza bergan. Bektemir tumani ma’muriy sudi 2018-yil 12-noyabrdagi qarori bilan shahar hokimining 1053-sonli qarorini haqiqiy emas deb topgan. "Yunus Rajabiy” mahallasida yashovchi aholining shahar hokimining 608-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi Chilonzor tumani ma’muriy sudiga kiritgan arizasi, sud tomonidan 2019-yil 11-dekabrda rad qilingan. Ushbu sud qarori 2020-yil 27-yanvarda Toshkent shahar ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasida ko‘rilgan va o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "Building And Suppliyes” MChJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 ta daraxtlar qonunga zid ravishda kesilganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 million so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan 2020-yil 22-fevralda Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi "a” bandi va 198-moddasi 2-qismi bilan Yakkasaroy tumani hokimligi va "Building And Suppliyes” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Dastlabki tergovda 2 nafar ayblanuvchidan 1 milliard 891,3 million so‘m moddiy zarar undirildi va ularga nisbatan garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

"Yunus Rajabiy” mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib "Lipa”, "Beryoza”, "Kashtan” va "Pavloniya” daraxtlari ekilishi tashkil qilindi.

Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:528 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829