• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 19 » Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirgan, xorij saytiga kirgan, ijtimoiy tarmoqlarda “chalg‘ituvchi aloqalarga ega”. Uyg‘urlar nima uchun
12:56
Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirgan, xorij saytiga kirgan, ijtimoiy tarmoqlarda “chalg‘ituvchi aloqalarga ega”. Uyg‘urlar nima uchun

Uyg‘ur-musulmonlarining Xitoydagi lagerga yuborilishiga har qanday maishiy hodisa sabab qilib ko‘rsatilishi mumkin: dinga aloqador harakatlar yoki xorijda yashovchi yoxud xorijga chiqish pasportiga ega qarindoshlarning bo‘lishi ushbu jazo uchun yetarli asos bo‘la oladi. Shinjon-Uyg‘ur avtonom hududining minglab aholi shaxsiy axborotlari joylangan hukumat hujjatida ham ushbu ikir-chikirlar aks etgan. Hujjat uyg‘ur qochoqlaridan biri tomonidan G‘arbdagi OAV vakillariga berilgan. Uning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini isbotlab bo‘lmaydi, lekin Xitoy siyosati bo‘yicha ekspertlar XXRning uyg‘urlarga nisbatan oxirgi vaqtdagi munosabati asosida ushbu hujjatdagi qaydlar rost bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Kommunizm qurbonlari xotirasi fondi xodimi, Xitoyning Shinjondagi siyosati bo‘yicha ekspert Edrian Zenz Journal of Political Risk jurnalidagi maqolasida ushbu hujjatni tahlil qilgan. BBC hamda CNN ushbu tahlilni qisqartirgan holda e’lon qilgan, deb yozmoqda Meduza.

Hujjat elektron jadval shaklida va unda Shinjonning uch mingdan ziyod aholisi haqidagi ma’lumotlar kiritilgan, ular orasida qayta tarbiyalashga muhtoj 311 nafar uyg‘ur ham bor. Hujjatda hech qanday sana yo‘q, lekin Edrian Zenz uning 2019-yil martidan iyuligacha tuzib chiqilganini taxmin qilmoqda — u ushbu xulosaga hujjatda qayd etilgan insonlarning keyingi taqdiri haqida boshqa manbalardan olgan axborot asosida kelgan.

Lagerga jo‘natilishning eng ko‘p uchrayotgan sababi (311 tadan 150 holatda) "tug‘ilish nazorati siyosatini buzish” — oilada uchta yoki undan ko‘p farzandning ulg‘aytirilayotgani ko‘rsatilgan. BBC’ning qayd etishicha, ushbu vaziyat Pekinda xavotir paydo qilmoqda, chunki ko‘p bolali uyg‘urlar o‘z an’analarini dunyoviy davlat qonunlaridan ustun qo‘yadi. Yana boshqa aksar sabablar — dinga berilganlik, ushbu bahona bilan lagerga olib ketilganlarga boshqa qo‘shimcha ayblovlar ham e’lon qilinadi. 311 nafardan 24 kishi qonunni buzgani uchun ramiylashtirilgan holda lagerlarga jo‘natilgan.

Hujjatda odamlarning qanday sabab bilan lagerga joylashtirilgani haqida aniq ma’lumotlar ham keltirilgan. Masalan, bir ayol hijob bilan o‘ranib yurgani uchun, boshqa bir erkak esa — uzun soqol qo‘ygani uchun lagerga yuborilgan: qizig‘i ikkala vaziyatda ham aybdorlar bir necha yilga qamalgan. Boshqa sabablar ham avvalgilaridan qolishmaydi:

"Internetda kutilmaganda xorij saytiga kirib qolgani uchun”;
"Xorijdagi odamlar bilan gaplashgani uchun”;
"Xorijga chiqish passportini ramiylashtirgani, biroq u bilan mamlakatdan tashqariga chiqmagani uchun”;
"Ijtimoiy tarmoqlarda chalkash aloqalarga ega ekani uchun”.
Hujjatda hukumat vakillarining hukm qabul qilishda, jamoaviy javobgarlikka tortish prinsipiga amal qilayotgani oydinlashgan: ro‘yxat ustunlaridan birida har bir gumondorning qarindoshlari va yaqinlari sanab o‘tilgan, ularning dinga berilganlik holati, lagerlardan bo‘lgan yoki bo‘lmagani haqida axborotlar ham berilgan. Masalan, lagerga yuborilgan ro‘yxatdagilardan biriga deyarli barcha qarindoshlari "qayta tarbiyalanayotgani” uchun uni ham qamoqqa olish haqida hukm chiqarilgan.

Hujjatda shaxsiy axborotning qayerdan olingani ham alohida qayd etilgan. Uyg‘urlar haqidagi ma’lumotlarning asosiy qismi qishloq ishchi guruhlari a’zolari tomonidan to‘plangan: 2014-yildan beri 200 mingdan ortiq agent Shinjonning alohida qishloqlariga maxsus missiya bilan yuborilgan, josuslar u yerda mahalliy aholining ishonchiga kirib, ular bilan muloqot qilib, birga ishlab, uyg‘urlar, ularning qo‘shnilari, qarindoshlar haqidagi ma’lumotlarni hukumatga yetkazib turadi. Axborotlarning qolgan qismi tashqi kuzatuv kameralari tahlili va uyg‘urlaning telefon so‘zlashuvlarini tinglash orqali to‘plangan.

Hujjatdan mahbuslarning lagerlarda asosan bir yoki ikki yil hibsda saqlanishi oydinlashadi. Ro‘yxatdagi familiyalarning 87 foizining (ayrimlari 2017, ayrimlari esa 2018-yilda lagerlarda "qayta tarbiyalangan”) ro‘parasiga yaqin oylar ichida lagerdan chiqarilishi yozilgan, 12 foizi "tarbiyalanishda davom etadi”, 0,6 foiziga nisbatan jazo choralarini qat’iylashtirish zarurligi qayd etilgan. Lagerdan ozod qilinganidan keyin ham sobiq mahbuslar hayoti nazoratga olinadi, ular ko‘pincha majburiy mehnatga jalb qilinadi.

CNN bu Xitoy hukumatining uyg‘urlarga nisbatan zo‘ravonlik siyosatini olib borayotgani haqida axborot sizib chiqishi bo‘yicha uchinchi katta ish ekanini ta’kidlagan.

"Ushbu ma’lumotlar asosida vaziyat og‘ir ekanini, Pekinning strategik maqsadi ug‘urlarni madaniy va diniy qadriyatlaridan mahrum qilib, ushbu harakatlarni vatanparvarlikka zid ekanligini majburlab singdirishga urinish hamda ularga bosim o‘tkazish ekani ma’lum bo‘lmoqda”, — deyiladi telekanal xabarida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:496 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829