• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2021 » Yanvar » 17 » Xorazmlik taniqli hofiz Rahmatjon Qurbonov 62 yoshida vafot etdi
19:52
Xorazmlik taniqli hofiz Rahmatjon Qurbonov 62 yoshida vafot etdi

Xorazmlik taniqli hofiz, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov 17-yanvar, yakshanba kuni 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Ustoz san’atkorning farzandi mazkur noxush xabarni tasdiqlarkan, "Otamning vafotiga biror jiddiy kasallik yoki koronavirus sabab bo‘lgani yo‘q, ular to‘satdan hayotdan ko‘z yumdi”, — dedi.

Ma’lumot uchun, Rahmatjon Qurbonov 1959-yil 20-sentabrda Xiva shahrida san’atkor oilasida tavallud topgan. Otasidan o‘zbek cholg‘u asboblarini chalish va mumtoz qo‘shiqlarni ijro etish uslublarini o‘rgangan. U Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurti hamda O‘zbekiston davlat Konservatoriyasining vokal va maqom bo‘limida o‘qigan. Buyuk san’at darg‘alari — Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalarning sevimli shogirdlari qatoridan joy olgan.

Uzoq yillar Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritib, "Lazgi” ansambliga rahbarlik qilgan. Bir necha risolalar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan. Rahmatjon Qurbonov hozirga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

Ijodkorning fidoyi mehnatlari munosib taqdirlangan — "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist”, "Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvonlari hamda "Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor bo‘lgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:643 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2021  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031