• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 16 » XMT O‘zbekistonda paxta terimiga ishchi yollovchilar uchun trening o‘tkazmoqda
20:46
XMT O‘zbekistonda paxta terimiga ishchi yollovchilar uchun trening o‘tkazmoqda

14-maydan 15-iyunga qadar Xalqaro mehnat tashkiloti, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida O‘zbekistonning barcha hududlarida paxta terimiga ishchi yollashda qatnashuvchi mansabdor shaxslar uchun trening kurslari tashkil etilmoqda. Bu haqda trening tashkilotchilari "Daryo”ga xabar bermoqda.

Mazkur o‘quv kurslarida viloyat va tuman paxta shtablari, hokimliklar, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi, Moliya, Ichki ishlar, Bandlik va mehnat munosabatlari, Xalq ta’limi, Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, shuningdek, O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim markazi, Bosh prokuratura, Fermerlar kengashi, "Mahalla” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Kasba uyushmalari federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari vakillari, brigadir va fermerlarning ishtiroki ko‘zda tutilgan. Tadbir maqsadi paxta terimi va boshqa ishlarga odam yollash jarayonida ishtirokchilar orasida majburiy mehnat xavf-xatarlarini oldini olishdagi o‘zaro hamjihatlikka ko‘maklashishdan iborat.

Trening ishtirokchilari oldida Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi mutaxassislari chiqish qiladilar. Kurs doirasida shuningdek quyidagi mavzular yoritiladi:

Majburiy mehnat borasidagi milliy majburiyatlar;
Mavsumiy ishlarga fuqarolarni yollash va majburiy mehnat xavf-xatarlari: konsepsiyalar, ishtirokchi tomonlar va rollar;
Majburiy mehnat xavf-xatarlarini oldini olish yo‘llari. Ilg‘or tajriba.
Treninglar ishtikorchilar orasidagi faol muloqotni ta’minlash maqsadida multimedia resurslaridan foydalanilgan holda interaktiv formatda olib boriladi.

Umuman olganda, 14-maydan 15-iyungacha 7000 mutaxassis ishtirokida jami 193 ta trening o‘tkaziladi.

Mazkur treninglar O‘zbekiston paxta terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi choralar tizimini tahlil etishning birinchi bosqichini tashkil etib, Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki qo‘shma loyihasi doirasida hamda Yevropa Ittifoqi, Shveysariya va AQSh hukumatlari moliyaviy ko‘magi ostida olib boriladi.

Ushbu tadbirlar fuqarolarni, xususan ta’lim, sog‘liqni saqlash, budjet tashkilotlari va boshqa korxona va muassasalarning xodimlari, ta’lim muassasalarining o‘quvchi va talabalarini tuman va shaharlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, qishloq xo‘jaligi ishlari va shu kabi ishlarga jalb etish asnosida majburiy mehnatning barcha shakllarini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlani kuchaytirish doirasida amalga oshirilmoqda.

Tez kunlarda fermerlar orasida paxta terimiga ixtiyoriy ishchilarni yollashdagi eng ilg‘or tajriba va innovatsion g‘oyalarni qo‘llash borasida tanlov e’lon qilinadi. Tanlovda barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin, g‘oliblar esa noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan respublika darajasidagi davra suhbatida e’lon qilinadi. Batafsil ma’lumotlar to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1110 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:26
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь