• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2017 » Yanvar » 9 » Xizmat vazifasini suiste'mol qilgan huquq himoyachisi
13:57
Xizmat vazifasini suiste'mol qilgan huquq himoyachisi

Shahrisabz tuman IIB huzuridagi "Qo‘riqlash" bo‘limi militsiya xodimi Z.Shodmonov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) "Tanhoz” postida hech qanday yo‘l harakati qoidasini buzmagan A.Asadovga avtomashinani chetga olishni buyurdi. Bu buyruqning esa o‘z maqsadi bor edi. 

IIB xodimi Z.Shodmonov haydovchining yoniga kelib, nazorat-tekshiruv tadbiri o‘tkazilayotgani uchun hujjatlarini ko‘rsatishni so‘radi. A.Asadov inspektorning talabiga ko‘ra, mashina hujjatlarini uning qo‘liga tutqazdi. Inspektor hujjatlarni sinchkovlik bilan tekshirarkan, ko‘nglidagi niyatini oshkor qilishni istamay turardi. Mashina hujjatlari joyida bo‘lsa-da, haydovchining fuqarolik pasporti yo‘qligi uning uchun yaxshigina bahona bo‘ldi.

— Fuqarolik pasportingiz yo‘q ekan, shu sababli mashinangizni jarima maydonchasiga qo‘yishga majburman.

A.Asadov inspektor bilan uzoq tortishdi. Hatto bu kamchilik uchun uzr ham so‘radi. Biroq, Z.Shodmonov qonunga bo‘ysunishini ro‘kach qilib, aytgan gapida turib oldi.

— Nahotki bir iloji bo‘lmasa, — dedi A.Asadov IIB xodimi Z.Shodmonovga umidvor ohangda. — Kelishib olsak bo‘ladi-ku?!

Z.Shodmonov uchun bu ayni muddao edi. Haydovchining ayni vaqtda hamma narsaga tayyorligini anglab, undan mashinani qaytarib olish evaziga 300 ming so‘m berishini aytdi. Haydovchining esa yonida buncha pul yuqligi bois yalinishga tushdi. Z.Shodmonov "sal yumshab", 250 ming so‘mga rozi bo‘ldi. A.Asadov cho‘ntagini kavlab, yonidagi 200 ming so‘mni Z.Shodmonovga uzatdi. Qolgan 50 ming so‘mni keyin keltirib berishni va'da qildi. Ammo inspektor ham anoyilardan emasdi. Haydovchi ketsa, boshqa qaytib kelmasligini yaxshi bilardi. Shu bois 50 ming so‘m zvaziga haydovchining qo‘l telefonini garovga olib qoldi.

A.Asadov ertasi kuniyoq uning ustidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi. Z.Shodmonov telefonini olib ketish uchun kelgan A.Asadovdan 50 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Z.Shodmonovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1402 | Добавил: Admin | Теги: Xizmat vazifasini suiste'mol qilgan | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2017  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031