• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2023 » Yanvar » 8 » Xitoyning Szyansi provinsiyasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi, deb xabar
14:30
Xitoyning Szyansi provinsiyasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi, deb xabar

2022-yil noyabr oyida internetni Addamslar qizi — Uenzdey haqidagi serial zabt etdi. Shou tomoshalar bo‘yicha rekordlarni yangiladi va bosh qahramonning raqsi tarmoqda virusga aylandi. Bundan tashqari, Qo‘lni haqiqiy odam o‘ynaganligi ham ma’lum bo‘ldi. Ruminiyadan kelgan ko‘zboylog‘ich qanday qilib personajni yangi bosqichga olib chiqib, uni tomoshabinlarning sevimlisiga aylantirgani haqida ma’lumot beramiz.

Qo‘l obrazi birinchi marta 1954-yildagi original komikslarda paydo bo‘lgan. Addamslar uyining kiraverishida "Ehtiyot bo‘ling, Qo‘l” yozuvi bor edi — xuddi "Qopag‘on itdan ehtiyot bo‘ling” yozuviga o‘xshash. Keyinchalik bu g‘oya film va teleko‘rsatuv ijodkorlari tomonidan ishlab chiqilgan. Keyinchalik Qo‘l oilaning ajralmas qismiga aylanadi — Addamslar uchun u ham uy hayvoni, ham oila a’zosi.

Birinchi filmlarda personaj kamdan kam ko‘rinib, quti yoki biror predmet orqasida paydo bo‘lgan. U maxsus funksiyalarni bajarmagan va, albatta, asosiy qahramon emasdi. Keyinchalik Qo‘l rolini 1960-yillardagi "Adamslar oilasi” teleserialida bosh xizmatkor rolini o‘ynagan aktyor Ted Kessidi ijro etadi. Erkak odatda kameralarda ko‘rinmaydigan aravachada yotib, qo‘lini qutidagi teshikdan chiqarib turgan.

Yangi serialda esa bu o‘ziga xos rolni 25 yoshli Viktor Dorobantu o‘ynadi. U Ruminiyada tug‘ilgan. Bungacha Viktor fokus ko‘rsatish bilan shug‘ullangan.

1991-yilgi to‘liq metrajli filmda Qo‘l yana "jonlanadi”. 90-yillarning kult filmida uni ko‘zboylog‘ich Kristofer Xart o‘ynagan. Qo‘l yuguradi, qahramonlarga yordam beradi, ular bilan muloqot qiladi. Intervyuda Dorobantu dastlab Kristofer bilan bevosita gaplashmagan bo‘lsa-da, uning ijodidan ilhomlanganini aytadi. "Bir marta Kristofer Qo‘l xira bo‘lib ko‘rinmasligi uchun cho‘tkani qanday tutish kerakligini o‘rgatdi”, — deb tan oladi u.

Ko‘zboylog‘ichlar 90-yillardagi Qo‘l va hozirgisi ikki xil qahramon ekanligini yaxshi tushunishgan. Hech bo‘lmaganda tashqi ko‘rinishi — yangi serialda bu "qahramon” ancha real va qo‘rqinchli ko‘rinadi. U pop-madaniyatdan nomaqbul imo-ishoralarni ham biladi, umuman olganda, o‘zini ancha erkin tutadi.

Suratga olish jarayonlarida Viktor butun tanasini qoplagan ko‘k rangli kostyum kiyib olgan. Bu montaj paytida hech qanday muammosiz uni kadrdan "kesib olish” uchun kerak edi. Ko‘zboylog‘ich bu kiyimda o‘zini juda qulay his qilganini va hamma narsani mukammal ko‘rganini aytadi, chunki uning ko‘zlari to‘r bilan qoplangan edi. U hatto yomon ob-havoda ham kostyum uni isitganini ta’kidlaydi.

Dorobantu katta odam bo‘lgani uchun jamoa uni kameralardan yashirish uchun ko‘p harakat qilishiga to‘g‘ri kelgan. U turli o‘ra va chuqurchalarga yotib, eshik va devorlar orqasiga yashirinadi. Ba’zida suratga olish guruhi Viktor joylashib olishi uchun butun dekoratsiyani ham ko‘tarishiga to‘g‘ri keladi.

Birinchi kadrda Viktor karavot tagiga yotib, qo‘lini matrasdagi teshikdan chiqaradi.

Qo‘l ko‘rsatadigan imo-ishoralar 50 foizi real hayotdagi imo-ishora tillariga asoslangan. "Qolgan 50 foizi sof improvizatsiya. Men aktrisaning so‘zlariga javob berishga, his-tuyg‘ularimni ifodalashga harakat qildim”, — deydi Dorobantu.

Aytgancha, dastlab erkak uni kastingga taklif qilishganiga ishonmaydi. "Avvaliga buni hazil deb o‘yladim. Meni ko‘ndirmaguncha qayta-qayta qo‘ng‘iroq qilishdi. Kastingda bu rolni olishim dargumon ekanligini angladim — atrofda juda ko‘p ajoyib ko‘zboylog‘ichlar bor edi. Ammo oxirida men o‘tib ketdim”, — deydi Viktor.

Aynan serial rejissori Tim Berton personajni haqiqiy inson ijro etishini talab qilgan. Jenna Orteganing so‘zlariga ko‘ra, Dorobantu soatlab tayyorgarlik ko‘rishi kerak edi. "Berton Qo‘lning grimiga soatlab vaqt sarfladi. Qo‘l ishtirok etgan sahnalar juda ko‘p vaqtni oldi”, — deydi aktrisa.

Viktorning aytishicha, eng noqulay joylarda yotgani Qo‘lni o‘ynash juda qiyin bo‘lganining birgina sababi emas: "Barcha his-tuyg‘ularni qo‘l orqali ko‘rsatish kerak edi. Uning ovozi ham, subtitrlari ham yo‘q. Bu juda qiyin jarayon”.

Boshqa aktyorlar ham qiynalgan, albatta. Misol uchun, Jenna Ortega kadrda hech qachon ko‘zini pirpiratmagan – bu ham rejissordan chiqqan g‘oya edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:240 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:23:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Yanvar 2023  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031