• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Xitoyning koronavirus tarqalish markazida karantin qisman yengillashtirildi
17:13
Xitoyning koronavirus tarqalish markazida karantin qisman yengillashtirildi

2019-yilning oxirida COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi boshlangan Xitoyning Xubey provinsiyasi rasmiylari ilgari kiritilgan cheklov choralari birmuncha yengillashtirilganini e’lon qildi, deb yozadi "RBK”.

COVID-19 infeksiyasini yuqtirish holatlarining soni sezilarli darajada qisqarishi fonida provinsiya hukumati o‘z fuqarolarining harakatiga taqiqni qisman olib tashlashga va jamoat transporti faoliyatini tiklashga qaror qildi.

Aholiga Xubey provinsiyasini tark etishga ruxsat berilmaydi, biroq, odamlar uning ichida bemalol harakatlanishi mumkin.

Ammo, bu huquq hammaga ham berilavermaydi. Faqatgina mobil dastur orqali QR-kod olganlar provinsiya ichida erkin harakatlanishi mumkin. QR-kod bilan uning egasi COVID-19 infeksiyasini yuqtirganlar yoki yuqtirganlikda gumonlanuvchilar bilan aloqada bo‘lmagani tasdiqlanadi.

Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar sariq QR-kod oladi, ular o‘zlari yashaydigan punkt ichidagina harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Qizil rangdagi QR-kod egalari esa koronavirusni yuqtirganlar hamda yuqtirganlikda gumonlanuvchilar bo‘lib, ular avvalgidek karantinda qoladi.

Bunday sxema Xubeyning o‘rta (50 nafardan kam bo‘lmagan koronavirusni yuqtirganlar aniqlangan taqdirda) va past (ikki hafta ichida birorta kasallanish holati aniqlanmagan) darajali xavf ostida bo‘lgan shahar va tumanlarida ishlaydi.

Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 10-mart kuni Xubeyda koronavirusga chalinishning 13 ta yangi holati aniqlangan. Bemorlarning hammasi provinsiya markazi Uxanda yashaydi. Ushbu shaharda haligacha yuqori xavf darajasi mavjud, shuning uchun bu yerda odamlarning erkin harakatlanishiga ruxsat berilmaydi.

Yashil QR-kodlar egalarining viloyat bo‘ylab harakat qilish imkoniyatini ta’minlash uchun xavf darajasi o‘rta va past hududlarda yo‘lovchi poyezdlari, avtobuslar va daryo transporti harakati asta-sekin tiklanadi.

Shu tufayli Xubey hukumati ilgari to‘xtatilgan korxonalarda ishlab chiqarishni qayta boshlashni rejalashtirmoqda. Qonunlarda quyidagilardan tashqari barcha kompaniyalarga ishni qayta tiklashga ruxsat berilgan:

Kinoteatrlar

Internet-kafelar

Sport va raqs zallari,

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari kitob do‘konlari

Go‘zallik salonlari

Umumiy hammomlar va boshqa bir nechta muassasalar;

Eslatib o‘tamiz, Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 3158 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlar soni esa qariyb 81 mingga yaqinlashib qolgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda.

Xitoy Sog‘liqni saqlash ishlari bo‘yicha davlat komissiyasi mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, virus tarqalishining oldini olish uchun chegaralarda sanitar nazoratni kuchaytirish hamda epidemiya tarqalgan xorijiy mamlakatlardan kirib kelayotganlar uchun qat’iy karantin siyosatini belgilash zarur.
Категория: Har-Hil | Просмотров:558 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031