• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi
13:03
Xitoydan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus jihozlangan kasalxonalarga joylashtiriladi

Xitoydan olib kelinadigan O‘zbekiston fuqarolari Toshkent shahri va viloyatidagi maxsus tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi. Bu haqda O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiya yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar beradi "Daryo”ning hukumatdagi manbasi.
Qayd etilishicha, mazkur muassasalar to‘liq karantin talablari asosida jihozlangan. Xususan, koronavirus diagnostikasi vositalarining zarur zaxiralari yaratilgan, kerakli dori hamda dezinfeksiya vositalari, uskunalar, sarflash materiallari, shuningdek, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan. Sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelingan fuqarolar alohida nazorat ostida bo‘lib, muntazam tibbiy tekshiruvlardan o‘tkaziladi.

Shuningdek, mazkur tibbiyot muassasalarida barcha kerakli maishiy vositalar va zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga asosan, koronavirus inkubatsiyasi davrini hisobga olgan holda Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelinadigan o‘zbekistonliklar ikki hafta davomida karantin ostida saqlanadi. Ushbu vaqt davomida ularning oila a’zolari bilan uchrashishi taqiqlanadi. Yaqinlari bilan faqat maxsus telefon aloqasi orqali muloqot qilishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston fuqarolarini Uxan shahri va Xitoyning boshqa hududlaridan olib kelish uchun charter reyslar tashkil etildi. Ushbu charter reyslarning dastlabkisi 4, 5-fevral kunlari amalga oshiriladi. O‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha charter reys Uxandan bepul, Pekindan esa pulli bo‘ladi.

Mazkur samolyotlarda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi buyurtmasiga asosan mamlakatda qolib, faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan fuqarolarga zarur antiseptik va dezinfeksiya vositalari yetkaziladi hamda bepul beriladi.

Xitoydan vatandoshlarni olib kelish jarayonida barcha sanitariya-epidemiologiya talablariga qat’iy rioya qilinadi, yo‘lovchilarning har biri shifokorlar nazorati ostida bo‘ladi.

Komissiya yig‘ilishida tegishli vazirlik va idoralarga ushbu vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan topshiriqlar berildi. Komissiya vakolatiga doir boshqa masalalar ham atroflicha ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Xitoydan 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib kelgani haqida xabar berilgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 425 kishi vafot etdi, 20 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirib oldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829