• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 3 » Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda
12:56
Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda

Sanitar-epidemiologik osoyishtalik agentligining ma’lum qilishicha, 2-fevral soat 08:00 ga qadar olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda jami 14 411 nafardan ortiq fuqaro koronavirus bilan kasallanib, 2110 nafar fuqaro og‘ir holatda davolanmoqda, 304 nafar (2,1 foiz) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning Xitoydan tashqari 23 ta davlatida (Avstraliya, Vyetnam, Germaniya, Kanada, Koreya, Kambodja, Malayziya, Nepal, Tailand, Singapur, AQSh, Fransiya, Shri-Lanka, Yaponiya, Filippin, Hindiston, Italiya, Finlyandiya, BAA, Ispaniya, Rossiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya) 144 holatda koronavirus infeksiyasi laboratoriya usulida tasdiqlangan.

Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga 15-yanvardan 2-fevral kuniga qadar 84 nafar O‘zbekiston fuqarosi va 1 nafar yaponiyalik fuqaro murojaat qilgan, ularning 12 nafarida tana harorati ko‘tarilganligi, birlamchi tibbiy yordamga muhtojligi sababli davolanishga yotqizilgan, bugungi kunda 3 nafar bemor gripp va o‘tkir respirator infeksiyasi bilan davolanmoqda, ularda koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida Xitoydan kirib kelgan fuqarolar to‘g‘risida kundalik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.

Ushbu fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxat asosida har bir sog‘liqni saqlash boshqarmalari va birlamchi tibbiy bo‘g‘inlar orqali xonadonma-xonadon yurib, Xitoydan kelgan fuqarolar 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda. Ushbu tartib asosida joriy yilning 1-fevral kuni Andijon viloyatida Xitoyga borib kelgan fuqarolarda olib borilgan tibbiy kuzatuvlar davomida 2 nafar fuqaroda tana harorati ko‘tarilganligi aniqlangan. Ushbu bemorlarga zaruriy muolajalar o‘tkazilgan, bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli, tana harorati me’yorida. Bemorlarda zudlik bilan laboratoriya tahlillari o‘tkazilgan va koronavirus infeksiyasi aniqlanmagan.

2-fevral kuniga qadar agentlik qoshida tashkil etilgan shtab ishonch telefoni orqali 1500 ga yaqin fuqarodan kelib tushgan savollarga javob berilgan.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga joriy yilning 1-fevral kuni xorijiy davlatlardan 32 ta samolyot qabul qilingan, 4072 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan, shulardan 20 nafari Xitoyda o‘qiydigan talabalar. Termometriyadan o‘tkazilgan fuqarolar orasida 2 nafar o‘zbekistonlik va 1 nafar Rossiya fuqarosida tana harorati yuqoriligi aniqlangan, fuqarolarning barchasi Respublika Virusologiya ITI klinikasiga yotqizilgan.

Temir yo‘llari AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli 6 ta sanitariya-karantin punktlaridan jami 1006 nafar fuqaro o‘tgan, shulardan 132 nafarini xorij fuqarolari tashkil etadi. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara posti orqali ko‘plab yo‘lovchi o‘tuvchi sanitariya-karantin punktlar Toshkent viloyatining "G‘ishtko‘prik”, "Oybek”, Surxondaryoning "Ayraton”, "Gulbahor” hamda Andijon viloyatining "Do‘stlik” sanitariya-karantin punktlari orqali 333 ta avtotransportlar, 19 137 nafar fuqarolar o‘tkazilgan, shulardan 6881 nafari chet el fuqarosi hisoblanadi. Tana harorati ko‘tarilgan fuqarolar aniqlanmagan.

Xitoyda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridaga elchixonaga kelishlarini so‘ragan.

Shuningdek, vazirlik aviaqatnovlar bekor qilingani tufayli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:459 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829