• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Xitoyda neft importi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar guruhi tashkil qilinadi
22:32
Xitoyda neft importi bilan shug‘ullanuvchi dunyodagi eng yirik kompaniyalar guruhi tashkil qilinadi

Xitoyning bir nechta neftni qayta ishlash zavodlari va kompaniyalari ishtirokida xorijdan neft sotib olish bo‘yicha qo‘shma guruh tuzish uchun muzokaralar olib borilmoqda. Bunday ittifoqning tashkil etilishi allaqachon mamlakat hukumati va tegishli nazorat organlari tomonidan ma’qullangan, deya xabar beradi Bloomberg.

Tashkil qilinadigan guruh tarkibidan China Petroleum & Chemical Corp., Sinochem, PetroChina va China National Offshore Oil Corporation (CNOOC) kabi Xitoyning yirik kompaniyalari o‘rin oladi.

Muzokaralarda kuniga jami 5 million barrel neft import qiluvchi kompaniyalar vakillari qatnashmoqda. Ta’kidlashicha, ushbu kompaniyalarning xarid siyosati masalasida birlashishi dunyodagi eng yirik neft importchisining tashkil qilinishiga olib keladi. Bu bitim yuqoridagi kompaniyalarga o‘zaro narxlar urushining oldini olish va yetkazib beruvchilar taklif etgan narxga ta’sir qilish imkoniyatini beradi.

Qayd etilishicha, ilk bosqichda guruh a’zolari Rossiya va Afrika neft qazib oluvchilaridan mahsulot sotib olishni rejalashtirmoqda. Dastlabki birgalikdagi buyurtma 2020-yilning iyul oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Xitoy neftni qayta ishlash zavodlarining import bo‘yicha ittifoq tuzishga urinishining asosiy sababi koronavirus epidemiyasi keltirib chiqargan inqirozdan so‘ng narxlarning ko‘tarilib ketishi ekanligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2003-yilda Xitoyning po‘lat kompaniyalari chet elda mis konsentratini sotib olish bo‘yicha ittifoq tuzgan. Hozir CSPT deb nomlanuvchi guruhga o‘ndan ortiq kompaniyalar qo‘shilgan. Ular orqali Xitoyga keltirilgan barcha mis xomashyosining qariyb 80 foizi sotib olinadi.

Avvalroq koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini sabab neft narxi tushgani xabar qilingan edi.

Shuningdek, Saudiya Arabistoni iyun oyida neft qazib olish hajmini million barrelga qisqartirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:429 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь