• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 26 » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 11 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi
18:08
Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha yana 11 ta, Janubiy Koreyada esa 10 ta holat aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 11 ta holat aniqlandi, 48 kishi tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 11 holatning beshtasi chetdan kirib kelganlarda aniqlangan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasini chetdan olib kirish bo‘yicha qayd etilgan holatlar jami 1634 taga yetdi. Hozirda 694 bemor davolanmoqda, ulardan 22 nafarining ahvoli og‘ir.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 82 827 kishida virusni yuqtirib olgan bo‘lib, ularning 77 394 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan. 4632 nafar bemor COVID-19 qurboniga aylangan.

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 10 ta holat aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 10 728 kishiga yetdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 8717 kishini (81 foiz) tashkil etmoqda, 242 kishi vafot etgan.

O‘tgan bir sutka ichida 82 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 2 bemor vafot etgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda yangi kasallanishlar sonining kamayishi sababli hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirdi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi. Sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь