• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 5 » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha atigi 1 ta, Janubiy Koreyada esa 3 ta yangi holat aniqlandi
12:51
Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha atigi 1 ta, Janubiy Koreyada esa 3 ta yangi holat aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha atigi 1 ta holat aniqlandi, 87 nafar bemor tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Yangi kasallanish bo‘yicha yagona holat Shanxayda qayd etilgan bo‘lib, u chetdan yuqtirilgan. Mamlakatda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha jami 1 676 ta holat aniqlangan bo‘lib, ayni paytda bemorlarning 325 nafari davolanmoqda, 5 nafari og‘ir ahvolda.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 965 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 792 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 3 ta holat aniqlangan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 804 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9 283 nafari sog‘aygan, 254 nafari vafot etgan.  30-aprel kuni Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha birorta holat qayd etilmagandi.

Yangi kasallanish holatlari kamaygani munosabati bilan hukumat ijtimoiy masofalanish rejimini yengillashtirilgan shaklda 5-maygacha uzaytirgan edi. Istirohat bog‘lari va dam olish maskanlari qayta ochiladigan bo‘ldi, sport, diniy va ko‘ngilochar muassasalarga o‘z faoliyatini cheklangan holda davom ettirishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga, fuqarolardan hali ham gavjum joylarga bormaslik, uydan zaruratsiz chiqmaslik va barcha profilaktik tadbirlarga rioya qilish talab qilinmoqda.

Qayd etilishicha, 6-maydan boshlab Janubiy Koreya faqat ehtiyotkorlik va profilaktika choralariga rioya qilishni ko‘zda tutuvchi "kundalik hayotdagi karantin” rejimiga o‘tgandan keyin yanada yengillik bo‘lishi kutilmoqda. Maktab va jamoat muassasalari kichik tuzatishlar bilan odatiy faoliyatiga qaytishi mumkin bo‘ladi.

Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning eng yuqori "qizil” darajasi o‘z kuchida qoladi, ammo uni kamaytirish masalasi sharoit o‘zgarishiga qarab ko‘rib chiqilishi mumkin.

Avvalroq Janubiy Koreya koronavirusga qarshi kurashda g‘alaba qozongan kam sonli davlatlar orasidan o‘rin olgani haqida xabar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:499 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь