• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 27 » Xitoyda koronavirusga chalingan har bir kishi o‘zi haqida ma’lum qilgani uchun 1430 dollar olishi va’da qilindi
18:48
Xitoyda koronavirusga chalingan har bir kishi o‘zi haqida ma’lum qilgani uchun 1430 dollar olishi va’da qilindi

Xitoyning Syantszyan shahri rasmiylari katta pul mukofotlari to‘lashni va’da qilib, aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tishga jalb qilmoqda. Shahar rahbariyati shifokor qabuliga kelgan har bir kishiga bir ming yuan, organizmida koronavirus aniqlangan har biri kishiga esa 10 ming yuan taklif qilmoqda. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xitoyda COVID-19 koronavirusidan aziyat chekkanlar, uni yuqtirgan odamlarni aniqlash usullarini takomillashtirish orqali uning tarqalishini to‘xtatishga harakat qilinmoqda. Fevral oyi boshida kasallik tarqalishining markaziga aylangan Xubey provinsiyasidagi Fansyan uyezdi ma’murlari o‘z ixtiyori bilan tekshiruvga kelgan har bir kishiga bir ming yuan (143 dollar) va kasallanganlar haqida hukumatni xabardor qilganlarga 500 yuan (71,5 dollar) to‘lashni va’da qilgan.

Keyinchalik boshqa shaharlar hokimiyatlari ham kasallik haqida xabar berganlarga mukofot to‘lanishi haqida e’lon qila boshladi. Masalan, Shitszyachjuan shahri meriyasi Uxandan yaqinda qaytib kelgan kishi to‘g‘risida rasmiylarga xabar beradigan birinchisi kishiga 2000 yuan (285 dollar) to‘lashini ma’lum qildi. Nanchan shahrida bunday ma’lumot uchun 500 yuan va’da qilingan. Virusga qarshi kurash doirasida Deyan shahri rasmiylari yaqinda Sichuan provinsiyasidan tashqariga qilgan sayohatini yashirgan, yovvoyi hayvonlarni sotadigan, ommaviy tadbirlarni o‘tkazadigan kishi haqida berilgan ma’lumot uchun bir ming yuangacha mukofot va’da qilgan.

Fevral oyi oxirida Syantszyan shahri rasmiylari yanada oldinga siljib, o‘z ixtiyori bilan koronavirusga chalingani haqida xabar bergan kishilarga ko‘proq pul to‘lashini ma’lum qilgan. Shahar hokimiyati tekshiruvga kelgan har bir kishiga bir ming yuan va koronavirus aniqlangan kishiga birdaniga 10 ming yuan (1430 dollar) to‘lashni va’da qilmoqda. Kasallik yuqqanligi gumon qilingan kishiga esa ikki ming yuan to‘lanadi.

To‘lovni olish uchun ikkita shartni bajarish kerak bo‘ladi: ixtiyoriy ravishda tekshiruv uchun kelish; bu ishni 2-martgacha amalga oshirish.

Mukofot e’lon qilingan vaqtda Syantszyanda 200 ga yaqin kishi koronavirus yuqtirganligi aniqlangan. Ular mukofot olishga umid qila olmaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2,8 mingga yaqinlashdi. Saudiya Arabistoni koronavirus sababli Umra ziyoratchilarining mamlakatga kirishini vaqtinchalik taqiqladi. O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Umra vizasi berilishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi. Janubiy Koreyadan Toshkentga uchib kelgan samolyot yo‘lovchilari izolyatsiya qilindi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Seuldan kelgan yo‘lovchilarning izolyatsiyasi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:524 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:28
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829