• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 16 » Xitoyda koronavirus yuqtirib olganini yashirgan shaxslarga o‘lim jazosi tayinlanishi e’lon qilindi
15:40
Xitoyda koronavirus yuqtirib olganini yashirgan shaxslarga o‘lim jazosi tayinlanishi e’lon qilindi

Xitoyda koronavirus bilan kasallangan, biroq xastaligini qasddan yashirgan yoki safarlari tarixini oshkor qilmagan fuqarolarga nisbatan jinoiy javobgarlik joriy etilishi mumkin. Bu haqda, Pekindagi o‘rta darajadagi Ikkinchi xalq sudi bayonotiga asoslanib, Beijing Daily gazetasi xabar berdi.

Maqolada ta’kidlanishicha, infeksiyaning tarqalishiga yo‘l qo‘ygan shaxs jamoat xavfsizligiga tahdidni keltirib chiqarishda ayblanishi mumkin.

Gazetaning yozishicha, Xitoyning amaldagi qonunchiligiga muvofiq, "yuqumli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini qasddan tarqatganlik” uchun fuqaro yo 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi, yoki umrbod qamoq yoxud o‘lim bilan jazolanishi mumkin. Maqolada alohida qayd etilishicha, eng oliy jazo "eng alohida holatlarda qo‘llaniladi”.

Sud vakillarining tushuntirishicha, kasallik belgilari (yo‘tal, haroratning ko‘tarilishi, charchoq va boshqalar) haqida rasmiylarga yoki shifokorlarga xabar bermagan, so‘nggi bir necha hafta davomida Uxanda bo‘lganini yoki koronavirus bilan xastalangan bemorlar bilan yaqin muloqot qilganini yashirgan, shuningdek, koronavirus tashxisi qo‘yilgan-u, lekin bu haqda ma’lum qilmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Ta’kidlanishicha, zotiljamga chalingan, biroq "samarali himoya choralarini ko‘rmasdan” jamoat joylariga borgan bemorlar ham jazolanadi. Sud bunday holatlarni infeksiyani qasddan yuqtirishga urinish, deb talqin qilgan; qayd etishlaricha, bunday qilmish uchun fuqaro uch yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Agar koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor karantin yoki davolanishdan bosh tortsa, u bu harakati bilan "noma’lum miqdordagi odamlar” xavfsizligini tahdid ostida qoldiradi. Bunday qilmish uchun ayblanuvchi uch yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Agar bemorning xatti-harakatlari jamoat xavfsizligini tahdid ostida qoldirsa, boshqa insonning "jiddiy jarohat olishi yoki o‘limi”ga sabab bo‘lsa yoxud "davlat yoki xususiy mulkning sezilarli zarar ko‘rishiga” olib kelsa, huquqbuzar 10 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etilishi, umrbod qamoq yoki o‘lim bilan jazolanishi mumkin.

Koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri ma’muriyati 14-fevral kuni karantin tartibini yana-da kuchaytirdi. Yangi qoidalarga muvofiq, shahar aholisi uning bir kichik tumanidan ikkinchi kichik tumaniga jiddiy asoslar bo‘lgan taqdirdagina o‘tishi mumkin bo‘ladi. Ushbu cheklov shifokorlar ko‘rsatmasiga asosan shaharning boshqa qismiga borishi lozim bo‘lgan shaxslara taalluqli emas.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 68,5 ming kishidan oshib ketgan, ulardan 1665 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:449 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829