• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 25 » Xitoyda koronavirus vaksinasi sinovining birinchi bosqichi yakunlandi
20:32
Xitoyda koronavirus vaksinasi sinovining birinchi bosqichi yakunlandi

Xitoylik olimlar 508 ko‘ngillilarda SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi eksperimental vaksinani sinab ko‘rishdi. Bu haqda "Global Times” nashri xabar bermoqda.

Klinik sinovlarning birinchi bosqichi 16 martdan boshlangan va u allaqachon tugadi. Emlash paytida uning xavfsizligi tekshirildi. 12 aprelda uning samaradorligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan ikkinchi bosqich boshlandi. Agar hamma narsa rejaga muvofiq bo‘lsa, may oyida uni kimlarga qanday qo‘llanilishi haqida ma’lumot olinadi.

Xitoy olimlari Ebola virusiga qarshi vaksina ustida ishlashda olingan muvaffaqiyatli tajribadan foydalanib, adenoviral vektor asosida rekombinant vaksina ishlab chiqdilar. Tadqiqotni olib boradigan Pekin Harbiy Tibbiyot Akademiyasining epidemiologi Chen Veyning so‘zlariga ko‘ra, in’eksiyadan keyin 7 va 14 kunlarda olingan ma’lumotlar vaksina xavfsiz ekanligini ko‘rsatdi.

"Hozirgi vaqtda vaksinatsiya koronavirusni oldini olish uchun eng kuchli vositalardan biri bo‘lishi mumkin", dedi Chen Vey.

Ta’kidlanishicha, mart oyida, ushbu vaksinani sinashda ishtirok etgan ko‘ngillilar uchta guruhga bo‘linganlar. Ularga preparat turli dozalarda beriladi. Emlashdan keyin ular 14 kun davomida karantinga olinadi va keyin olti oy davomida muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tadqiqotlar 31 dekabrgacha davom etishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Chen Vey guruhi dunyoda birinchi bo‘lib vaksina klinik sinovlarining ikkinchi bosqichiga o‘tdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 2 850 845 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 812 465 nafari sog‘aygan, 198 116 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 1 840 264 kishini tashkil qilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:574 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь