• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Xitoyda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi. U yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkin
08:24
Xitoyda cho‘chqa grippining yangi shtammi aniqlandi. U yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkin

Xitoydagi bir nechta fermada mikrobiologlar cho‘chqa grippining yangi shtammini topdi. Mazkur shtammdagi mutatsiya unga bir odamdan boshqasiga yuqish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida e’lon qilindi, deb yozmoqda "TASS”.

"G4 virusi yangi gripp pandemiyasini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan barcha patogen belgilarga ega. O‘z ko‘rinishi bilan u mavsumiy gripp shtammlaridan farq qiladi va odamdan odamga o‘tishi mumkin. Unda 2009-yilda cho‘chqa grippi pandemiyasini yuzaga keltirgan H1N1 virusining barcha belgilari mavjud”, — deb yozadi olimlar.

Mavzuga doir: COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari
XXI asrning birinchi o‘n yilligi oxirida dunyoda parranda va cho‘chqa grippi tarqaldi va bir necha ming kishining umriga zomin bo‘ldi. Shifokorlar va biologlar ana shu viruslar tarqalishidan qilgan xulosada insoniyatga qamrovi jihatdan XX asrning birinchi yarmida millionlab odamlarni hayotdan olib ketgan "Ispan grippi”ga o‘xshash bo‘lgan yangi pandemiya xavf solishi mumkinligi aytilgan.

Hozircha bunday gripp epidemiyasi bir sababga ko‘ra yuz bermadi — cho‘chqa va parranda grippi havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishni bilmaydi va odamdan odamga tez o‘ta olmaydi. Boshqa tomondan, 2011-yilda o‘tkazilgan tajribaga ko‘ra, parranda grippi virusi uchun uchta kichik mutatsiya kerak. Keyinroq xitoylik olimlar tomonidan aniqlanishicha, H7N9 virusi shtammining tabiiy ko‘rinishlari mazkur mutatsiyalardan biriga ega bo‘lgan.

Xitoyning chorvachilik fermalarida uchraydigan viruslarni qayta ko‘rib chiqayotgan Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi direktori Jorj Gao boshchiligidagi mikrobiologlar cho‘chqa grippi shtammida ham mutatsiya yuz berganini aniqlagan.

Yangi cho‘chqa grippi

Gao va uning hamkasblari ta’kidlashicha, so‘nggi 20 yil davomida 2009-yilda pandemiya boshlanishiga sabab bo‘lgan pdm/09 virusining yaqin qarindoshi — H1N1 shtammi cho‘chqalar orasida ustunlik qilishni boshlagan. Pandemiya tugaganidan keyin mazkur virus cho‘chqalar populyatsiyasi orasiga "qaytgan” va ular orasida tarqalishni boshlagan. Shuning uchun olimlar 2011—2018-yillarda Xitoy fermalaridagi hayvonlar organizmida mavjud bo‘lgan gripp turlarini batafsil kuzatib boradi.

Aniqlanishicha, pdm/09 virusining paydo bo‘lishi va tabiiy evolyutsion jarayonlar H1N1 virusining bir necha alohida yo‘nalishda rivojlanishiga olib keldi. Ularning har birida o‘zining mutatsiya to‘plami bo‘lgan. Yaqinda ulardan biri — G4 cho‘chqalar orasida ustunlik qilishni va boshqa virus turlarini siqib chiqarishni boshlagan.

Bu shtamm H1N1 va pdm/09 o‘rtasidagi virus hisoblanadi. Taxmin qilinishicha, bu shtamm cho‘chqa birdaniga H1N1 va pdm/09 viruslari bilan kasallanishi natijasida yuzaga kelgan. Yangi shtamm pdm/09 virusidan M genini meros qilib olgan. Bu gen yangi virus bo‘laklarini yig‘adi va mazkur virusning yuqori o‘lim darajasiga ega bo‘lishining asosiy sababchisi hisoblanadi.

Odam hujayralari va latchalarda o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, bu shtamm odam o‘pkasi hujayralariga kirishi va havo-tomchi yo‘li bilan yuqishi mumkin. Buning ustiga, G4 virusi uning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘lgan ikki virusga qaraganda latchalarda kasallikning og‘irroq ko‘rinishlarini keltirib chiqaradi.

Latchalarda o‘tkazilgan keyingi tajribalarning ko‘rsatishicha, grippga qarshi mavjud bo‘lgan barcha vaksinalar bu hayvonlarni kasallanishdan himoya qila olamagan. Bu G4 virusi H1N1 va pdm/09 viruslaridan farqli ravishda boshqa antigen guruhiga mansubligi bilan bog‘liq. Biologlarning ta’kidlashicha, bu holat mazkur shtamm insoniyat populyatsiyasi uchun juda xavfli ekanligini ko‘rsatadi. Shuning uchun fermalardagi epidemiologik vaziyatni qat’iy nazorat qilish kerak.

Olimlar tomonidan 15 ta ferma xodimlarida G4 virusiga qarshi antitana testi o‘tkazilgan. Natijalarning ko‘rsatishicha, xodimlarning 10-15 foizi grippning bu shakli bilan aloqada bo‘lgan. Shu sababli Gao va uning hamkasblari bu virus yaqin yillarda yangi pandemiyani yuzaga keltirishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ularning xulosasiga ko‘ra, yangi pandemiyaga tayyor bo‘lish kerak.
Категория: Har-Hil | Просмотров:423 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031