• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 5 » Xitoyda bir sutkada yana 30 kishi koronavirusga chalindi
10:52
Xitoyda bir sutkada yana 30 kishi koronavirusga chalindi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirusdan 3 kishi vafot etdi, kasallikka chalinish bo‘yicha 30 ta yangi holat aniqlandi, ularning 25 tasi chetdan yuqtirilgan, deb xabar bermoqda "RIA Novosti” mamlakat Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga tayanib.

So‘nggi haftalarda Xitoyda deyarli barcha kasallanish holatlari chetdan yuqtirib kelingan edi, ammo oxirgi kun ichida Guandun provinsiyasida kasallanishning 5 ta holati chet elga chiqmagan fuqarolarda qayd etilgan.

Umumiy hisobda Xitoyda koronavirusni chetdan yuqtirish bilan bog‘liq 913 ta holat qayd etilgan. Ulardan 697 kishi kasallanganligicha qolmoqda (shundan 18 nafarining ahvoli og‘ir), 216 kishi tuzalgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Xitoyda koronavirusga chalinganlar soni 82 558 taga yetgan, 76 946 kishi kasalxonadan chiqarilgan, 3 333 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lumot bergandi. So‘nggi sutkada 47 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 16 tasi chetdan kelgan fuqarolardan yuqqan.

Shuningdek, qayd etilishicha, o‘tgan bir sutka ichida 50 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa-da, biroq kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda kasallik alomatlati kuzatilmayotgan yana 1 024 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:507 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь