• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 15 » Xitoyda bir kunda yana 46 kishi koronavirusga chalindi
16:49
Xitoyda bir kunda yana 46 kishi koronavirusga chalindi

Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 46 kishida koronavirus aniqlandi, bemorlarning 78 nafari tuzaldi, 1 kishi vafot etdi.

Qayd etilishicha, yangi kasallangan 46 bemorning 36 nafari virusni chetdan, qolgan 10 nafari mamlakatning o‘zida yuqtirgan. Ayni paytda virusni chetdan yuqtirish bo‘yicha umumiy hisobda 1 500 ta holat qayd etilgan. Ularning 904 nafari hali ham kasallanganligicha qolmoqda (shundan 45 nafari og‘ir ahvolda), 596 kishi tuzalgan. Virusni chetdan yuqtirganlarning birortasi vafot etmagan.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Xitoyda umumiy hisobda 83 351 kishi koronavirusga chalingani qayd etilgan, 3 346 kishi vafot etgan.

Xitoy hukumati 1-apreldan boshlab koronavirus hech qanday belgilarsiz tarqalayotgani haqida ma’lum qilgandi. So‘nggi sutkada 57 ta shunday holat aniqlangan. Ularning 3 tasi chetdan yuqtirilgan.

Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 32 kishiga karantindan javob berilgan. Test ularda virus borligini ko‘rsatgan bo‘lsa ham, kasallikning hech qanday alomatlari aniqlanmagan. Ayni paytda kasallik alomatlari kuzatilmayotgan yana 1 023 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida esa so‘nggi sutka davomida koronaviruga chalinish bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlanmagan, 39 kishiga kasalxonadan javob berilgan (ularning barchasi Uxan shahridan).

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat bosh epidemiologi Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi. COVID-19 ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmasligi, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:564 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:14
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь